Bruno Fernandesh "Granada"ga qarshi o'yindan so'ng nimalar dedi?
16 apr 2021 08:21
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/631438_original.jpg)
![](/upload/storage/631438_220.jpg)
Bruno Fernandesh "Granada"ga qarshi o'yindan so'ng nimalar dedi?
"Manchester Yunayted" jamoasi futbolchisi Bruno Fernandesh "Granada" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Yaxshi o'yin. Evropa ligasida o'ynash doimo qiyin. Senga qarshi qaysi jamoa o'ynayotganining ahamiyati yo'q. Biz "Granada" qanday kuchga ega ekanligini, ular vaziyatlar yarata olishini bilardik.
Buni uddalay oldik. O'yinni va to'pni nazorat qildik. Muntazam harakatda bo'ldik. Natija ham buni ko'rsatib turibdi. Endi esa muhim qadamni tashlab, yarim finalda g'alaba qozonishimiz kerak. Ammo ilk navbatda chempionat o'yinlariga asosiy etiborni qaratamiz", - dedi Fernandesh.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar