Brozovich "Inter"da qoladigan bo'ldi

Mirjalol Normatov
22 fev 2022, 18:58
"Inter"dagilar yarim himoyachi Marselo Brozovichni jamoada qolishiga ko'ndirdi.

"Football-Italia" xabariga ko'ra, futbolchi ushbu mavsum yakunidan keyin "Barselona"ga o'tmaydi va u "Inter" bilan shartnomani uzaytirishga rozilik bergan.

Unga ko'ra, yangi shartnoma 2026 yilga qalar mo'ljallangan bo'ladi va unda futbolchining maoshi oshiriladi. Ushbu mavsumda Brozovich Italiya chempionatida 24 o'yinda qatnashib, 1 golga assist bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia