"Brentford" hujumchisi o'yinlarga pul tikishda gumon qilinmoqda
07 noy 2022 13:10
Yangiliklar
"Brentford" hujumchisi o'yinlarga pul tikishda gumon qilinmoqda
Angliyaning "Brentford" klubi hujumchisi Ayvan Touni noxush holatga tushib qoldi.
"Daily Mail" nashri xabariga ko'ra, u uchrashuvlarga pul tikishda gumon qilingan. Gap uning hozirgi klubidagi o'yinlaridan oldingi davr haqida ketmoqda, boshqa tafsilotlar haqida malumot berilmagan.
Klub matbuot xizmati allaqachon vaziyatga izoh berishni istamasligini malum qilgan.
"Bundan xabardorman. Ular tekshiruvni tugatmaguncha izoh bermayman. Mening orzum o'zgarishsiz qolmoqda – o'z vatanim uchun Jahon chempionatida o'ynashni istayman", – dedi futbolchi.
Fikrlar