"Brentford" bosh murabbiyi APLning 18-turidan o'rin olgan barcha o'yinlarni kechiktirishni taklif qildi
16 dek 2021 20:15
Yangiliklar
"Brentford" bosh murabbiyi APLning 18-turidan o'rin olgan barcha o'yinlarni kechiktirishni taklif qildi
"Brentford" bosh murabbiyi Tomas Frank Angliya Premer-ligasining 18-turidan o'rin olgan barcha bahslarni boshqa muddatga ko'chirishni taklif etdi.
“Biz Premer-liganing dam olish kunlariga rejalashtirilgan barcha o'yinlarini qoldirish kerak deb hisoblaymiz. APL klublarida kasallikni yuqtirganlar soni keskin oshib ketgan, hammada muammolar bor. APL o'yinlari, shuningdek, bo'lajak Liga kubogi o'yinlarini keyinga qoldirish hammaga asqatadi, muammolarni bartaraf qilish uchun kamida bir hafta vaqt bo'ladi. SHu tariqa, zanjirni uzish mumkin bo'ladi.
Biz o'ynashni xohlaymiz, futbol davom etishi muhim. SHu tarzda "Boxing Day"ning davom etishini taminlay olamiz, bunga 100% aminman. Ushbu omikron shtammi butun dunyo bo'ylab yormon yong'ini kabi tarqalmoqda va o'ylashimcha, o'zimizni himoya qilish uchun qo'limizdan kelganini qilishimiz kerak", – dedi mutaxassis.
"Brentford" keyingi o'yinni 18 dekabr kuni safarda "Sautgempton"ga qarshi o'tkazishi kerak.
Fikrlar