So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Brendan Rojersning "Liverpul"da eslab yuradigan 10 xotirasi Yangiliklar

Brendan Rojersning "Liverpul"da eslab yuradigan 10 xotirasi

Bir necha kun oldin "Liverpul" bosh murabbiyi Brendan Rojers o'z jamoasining navbatdagi mag'lubiyatidan so'ng istefoga chiqarildi.

Ushbu ajoyib murabbiyining "qizillar"dagi 10ta esda qolarli voqealarini xotirlaymiz.


2013 yil, aprel

"Liverpul" o'z uyida "CHelsi"ni qabul qilgandi. "Qizillar" hujumga o'tgan bir vaziyatda, kutilmaganda Luis Suares raqib jamoa himoyachisi Branislav Ivanovichning qo'lini tishlab oladi. Bir kun o'tar o'tmas ushbu voqea butun dunyoni larzaga soladi. Qanday qilib fantastik hujumchi raqibining qo'lidan tishlab olishi mumkin. Bu vaziyat APL tarixidagi eng esda qolarli voqealardan biriga aylandi. Urugvaylik hujumchi esa 10ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi.



2013 yil, dekabr

Luis Suares "Norvich"ga qarshi o'yinda o'z hisobiga 4ta gol yozib qo'yadi. Urugvaylik o'sha gollarning birini deyarli maydon markazidan darvozaga joylab qo'yadi.



2014 yil, fevral

"Liverpul" "Enfild"da "Arsenal"ni gollar bilan mehmon qiladi. "Qizillar" o'sha kuni o'z muxlislari uchun gollar shousi uyushtirib beradi. Bahs esa 5:1 hisobida yakunlanadi.



2014 yil, mart

"Liverpul" "Manchester Yunayted"ni yirik hisobda mag'lub etadi. Mersesaydlar sardori Stiven Jerrard ikki bora penaltini amalga oshirib o'z jamoasiga g'alaba olib keladi. Bahsdagi so'nggi golni Luis Suares o'z hisobiga yozib qo'yadi. Bu g'alabadan bir necha kun o'tib Devid Moyes MYUni tark etdi.



2014 yil, aprel

"Enfild"da "Manchester Siti" 3:2 hisobida taslim etiladi. Aynan o'sha vaqtda chempionlik uchun poyga avjida edi. Uchrashuvdagi yakuniy hisobni Filippe Koutino o'rnatadi va "qizillar"ga g'alaba keltiradi.



2014 yil, aprel

Rojers xotirasidagi eng alamli voqea "CHelsi"ga qarshi bahsda jamoa sardori Stiven Jerrardning sirpanib ketishi bo'ladi. O'sha vaziyatda Demba Ba Jerrardning oldida bo'ladi va egasiz to'pni olib "aristokrat"larga muhim g'alabani olib keladi.



2014 yil, may

Mavsumning so'nggi bahsida "Liverpul" muxlislari, futbolchilari, murabbiylari alamdan yig'lashadi. CHunki aynan o'sha kuni "Manchester Siti" "Liverpul"dagi chempionlikni ilib ketadi. Liverpul ahlining bir necha yillik orzusi chilparchin bo'ladi.



2014 yil, noyabr

Brendan Rojers "Liverpul"ni CHempionlar ligasiga qaytaradi. Noyabr oyida mersesesaydlar "Real"ga qarshi maydonga tushishadi va o'z uyida 0:1 hisobidagi mag'lubiyatga rozi bo'lishadi.



2015 yil, yanvar

"Liverpul" bilan  shartnomasi yakunlanayotgan Stiven Jerrard faoliyatini MLSning "Los-Anjeles Gelaksi" klubida davom ettirishini malum qiladi. Unga o'rganib qolgan muxlislar ko'zda yosh bilan Stiv Jini kuzatib qo'yishadi. Bosh murabbiyi Brendan Rojers esa uni jamoada qolishi urinib ham ko'rmaydi.



2015 yil, may

Rojersning jamoasi to'kilib ketayotgandek tasavvur uyg'onar edi. "Liverpul" "Brittani Stedium"da "Stok Siti"ga qarshi bahsda raqibning oltita goliga bor-yo'g'i bitta gol bilan javob qaytaradi. Bu mavsum yakunlanishidagi "Liverpul"ning eng yirik mag'lubiyati bo'lib qoladi.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика