BREAKING! Ed Vudvord "Manchester Yunayted"dan ketdi
21 apr 2021 00:00
Yangiliklar
BREAKING! Ed Vudvord "Manchester Yunayted"dan ketdi
"talkSPORT" nashri xabariga ko'ra, Ed Vudvord "Manchester Yunayted"dan o'z ixtiyoriga ko'ra, ishdan ketdi.
Oldinroq klub futbolchilari va ijrochi direktor o'rtasida yig'ilish bo'lgani va unda juda katta mojaroli gaplar aytilgani borasida malumotlar tarqagandi.
Olingan xabarlarga ko'ra, MYU sardori Garri Maguayr va himoyachi Lyuk SHou Superliga g'oyasiga keskin qarshilik qilgan va ular Vudvord bilan janjallashib qolishgan.
Aynan ushbu sabab tufayli Vudvord ishdan ketgani aytilmoqda. Hozircha klubdagilar bu borada rasmiy bayonot bilan chiqqanicha yo'q.
Kecha Superliga sababli Joze Mourino "Tottenxem"dan ishdan ketgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Fikrlar