Breaking: 2022 yildan boshlab APLda ofsaydni aniqlash tizimidan foydalanilishi mumkin
29 mar 2021 15:45
Yangiliklar
Breaking: 2022 yildan boshlab APLda ofsaydni aniqlash tizimidan foydalanilishi mumkin
Bu haqda "The Athletic" xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, liga rahbariyati ushbu g'oyani muhokama qilgan va bu yangilik aniq bir to'xtamga kelishda, qaror qabul qilishdagi to'xtalishni kamaytirishda yordam beradi.
VAR hakamlari yarimavtomat texnologiya orqali bosh hakamga o'yindan tashqari holat to'g'risida darhol xabar berishlari mumkin, chunki sistema golni avtomatik aniqlash tizimi (Goal-line technology) bilan birgalikda ishlaydi.
SHunday qilib, yon hakamlar o'yinning davomini kutmasdan bayroqlarini ko'tarish imkoniyatiga ega bo'ladilar va muxlislar ham gol keyinchalik bekor qilinishidan qo'rqmasdan, uni bayram qilishlari mumkin.
Fikrlar