Braziliyalik Ronaldo futbolga qaytib, “Valyadolid”ning penaltilarini o'zi tepmoqchi
03 apr 2019 23:03
Yangiliklar


Braziliyalik Ronaldo futbolga qaytib, “Valyadolid”ning penaltilarini o'zi tepmoqchi
Ikki karra jahon chempioni va “Oltin to'p” sohibi braziliyalik afsonaviy hujumchi Ronaldo futbolchilik faoliyatini qayta tiklashi mumkinligini hazil tariqasida aytdi.
U hozirda “Valyadolid”ning rahbari hisoblanadi.
“Joriy mavsum raqiblarimiz darvozasi tomon beshta penalti belgilandi. Biroq, birortasini ham aniq amalga oshira olmadik. Bo'ldi, endi shaxsan o'zim maydonga tushib, 11 metrlik nuqtadan zarbalarni bermoqchiman. Albatta penalti tepish daxshatli holat va uni aniq amalga oshirish katta masuliyatni talab qiladi." - deydi Ronaldo.
Malumot o'rnida, 42 yoshli Ronaldo o'tgan yili ispan klubiga prezidenti etib tayinlangandi. “Valyadolid” LaLiganing 29 turidan keyin 30 ochko bilan jadvalning 16-pog'onasidan joy olgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar