Braziliyalik Elkeson Xitoy terma jamoasidan chaqiruv oldi
19 avg 2019 16:27
Yangiliklar
Braziliyalik Elkeson Xitoy terma jamoasidan chaqiruv oldi
"Guanjou Evergrand" hujumchisi Elkeson Xitoy terma jamoasidan chaqiruv oldi.
Marchelo Lippi yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionati va Osiyo Kubogiga saralash o'yinlari uchun chaqirilgan tarkibga asli braziliyalik bo'lgan o'yinchi Elkesonni ham kiritdi.
SHunday qilib, Elkeson kelib chiqishi xitoylik bo'lmagan o'yinchi sifatida terma jamoadan ilk bor chaqiruv olgan futbolchiga aylandi. "Guanjou Evergrand" o'yinchisi yaqinda Xitoy fuqarolini qabul qilgan edi.
Qayd etish kerakki, Elkeson umuman Braziliya terma jamoasida o'ynamagan. U shu yilning yanvar oyiga kelib Xitoy fuqaroligi uchun etarlicha yashab ulgurgan edi.
Hujumchi Xitoydagi faoliyati davomida 234ta o'yinda maydonga tushib, 134ta gol va 60ta assistga erishgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar