Braziliya terma jamoasi sobiq o'yinchisi: "Ronaldu hech qachon Pele, Maradona va Messining darajasiga chiqa olmaydi"
04 mar 2021 15:18
Yangiliklar


Braziliya terma jamoasi sobiq o'yinchisi: "Ronaldu hech qachon Pele, Maradona va Messining darajasiga chiqa olmaydi"
Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Joze Altafini "Yuventus"da o'ynayotgan portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Men Krishtianu hech qachon Pele, Diego Maradona va Lionel Messi darajasiga chiqa olmaydi deb hisoblayman. Bu uchchalasi - futbol tarixidagi eng zo'r o'yinchilar", - deydi 1958 yilgi JCH g'olibi.
36 yoshli Ronaldu joriy mavsum A Seriya doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 20ta gol va 3ta assist qayd etdi.
Portugaliyalik futbolchining Italiya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar