Braziliya terma jamoasi o'yinchisi: "Argentinaliklar umrbod nimalardandir norozi bo'lishadi"
04 iyu 2019 16:27
Yangiliklar


Braziliya terma jamoasi o'yinchisi: "Argentinaliklar umrbod nimalardandir norozi bo'lishadi"
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Risharlison Kopa Amerikaning yarim final bosqichidan o'rin olgan Argentinaga qarshi o'yindan so'ng raqiblarning hakamga bildirgan shikoyatiga fikr bildirdi.
"Endi bu argentinaliklarning yig'isi. Gapiraverishsin. Braziliya finalda va biz faqat shu haqda o'ylaymiz. Argentinaliklar umrbod nimalardandir norozi bo'lishadi", - deydi Risharlison.
Braziliya terma jamoasi finalda Peru bilan o'ynaydi. O'yin 8 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, Argentina terma jamoasi etakchisi Lionel Messi yarim final o'yinidan so'ng hakamlarni qattiq tanqid qilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar