Braziliya prezidenti terma jamoaning asosiy muammosini aytdi

Sherzod Nurmatov
8 iyul 2023, 11:27
Siyosatchining fikricha, gap futbolchilarning o'zida.

Braziliya prezidenti Lula da Silva terma jamoaning asosiy muammosi haqida to'xtaldi.

"Muammo Dinizda (Braziliya terma jamoasining amaldagi murabbiyi – tahr.) emas, balki bizda bugun avvalgidek sifatli jamoa yo'q. Biz hozir eng yaxshi davrda emasmiz va bu xursand qilgani yo'q. Yigitlar Braziliyani 17-18 yoshda tark etib, 36-37 yoshda qaytishmoqda. Biz ishchini yuqori cho'qqida bo'lgan payt qo'yib yuboryapmiz va nafaqaga chiqmoqchi bo'lganlarni yollayapmiz.

Dinizning shaxsiyati, kreativlik bor, u kiyinish xonasini qanday boshqarishni biladi. Futbolda kiyinish xonasini murabbiy boshqarishi kerak, chunki o'sha yerda tafovutlar kelib chiqadi. Menimcha, Diniz bu masalada malakali", – dedi prezident.

Avvalroq Braziliya terma jamoasining navbatdagi murabbiyi Madridning "Real" klubi ustozi bo'lishi haqida xabar berilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: SBT News