Braziliya Prezidenti: Mamlakat JCH-2014ni o'tkazishga tayyor
11 iyu 2014 08:43
Yangiliklar
Braziliya Prezidenti: Mamlakat JCH-2014ni o'tkazishga tayyor
Braziliya Prezidenti Dilma Rusef JCH-2014ni o'tkazishga tayyor ekanligini malum qildi.
Mundialning final bosqichi ertaga start olib, 13 iyul kuni yakuniga etadi. “Braziliya jahon chempionatini yuqori saviyada o'tkazishga tayyor. Mamlakatimizga kelayotgan muxlislarga ham barcha sharoitlar yaratib berildi va ishonchim komilki, ular Braziliyadan yaxshi taassurotlar bilan uylariga qaytishadi”, - deydi Rusef.
Takidlash joiz, ayrim FIFA mulozimlari va bazi jurnalistlar Braziliya JCH-2014 tayyorgarligiga ulgurmadi, degan fikrlarni ilgari surishyapti. Ayrim stadionlar atrofida hamon qurilish ishlari davom etmoqda. Mahalliy aholi esa jahon chempionati o'tkazilishiga qarshi namoyish o'tkazyapti.
Aynan mana shu sabab tufayli Braziliya Prezidenti ertaga Braziliya - Xorvatiya terma jamoalari o'rtasida o'tkaziladigan ochilish uchrashuvini bevosita stadiondan kuzatmaydi. Malumotlarga ko'ra, mamlakat aholisi Prezident olib borayotgan islohotlardan norozi. Dilma Rusefning o'rniga sport vaziri Aldo Rebelo ochilish o'yiniga tashrif buyuradi.
FIFA.UZ da JCH-2014 uchun orzular jamoasini tuzing

Fikrlar