So’nggi yangiliklar

07:58Нойердан "қутилган" тер Штеген ушбу воқеага мунособат билдирди  0 07:30Суперлига. Бугун "Пахтакор" "Сурхон"га қарши ўйнайди  8 02:03ЕЧЛ саралаши. Сўнгги плей-офф раунд дастлабки ўйинлари бўлиб ўтди  0 01:11"Барселона"га яна "йўқ" дейишди  0 00:50"Goal" футбол тарихидаги энг омадсиз қиммат трансферлар рейтингини тузди  3 00:20"Ман Сити" ва "Ливерпуль" қизиқаётган футболчини "Манчестер Юнайтед" илиб кетишга яқин  2 23:57Гаскойн: "Тушунмайман, у нега "Реал"га ўтмади?"  4 23:32Неъматилло Қуттибоев: "Учрашувни назорат қилдик, аммо имкониятлардан фойдалана олмадик"  0 23:27Баҳром Ҳайдаров: "Сунъий майдон баҳона бўлиши керак эмас"  0 23:14Дибала Осиёга йўл олмоқда  6 22:54"Манчестер Юнайтед" ёш футболчисини сотиб юборди  1 22:38Бу даҳшат! Россия футболида рекорд қўйилди  3 22:01"Турли мамлакатлардан бўлган ҳакамлар битта вазиятни турлича кўришади". Ҳакамлик бўйича ФИФА инструктори Фарҳод Абдуллаев билан катта интервью  1 21:50Алексей Естафеев: "Биринчи бўлимда ҳушёрликни йўқотиб қўйдик"  1 21:47Анвар Бердиев: "Осон ўтмаган ўйинда ғалабага эришдик"  1

BRAZILIYA - GOLLANDIYA 0:3. MATNLI TRANSLYACIYA Yangiliklar

BRAZILIYA - GOLLANDIYA 0:3. MATNLI TRANSLYACIYA

Braziliya va Gollandiya o'rtasidagi o'yinning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
JCH-2014. Uchinchi o'rin uchun uchrashuv.

BRAZILIYA - GOLLANDIYA 0:3

13 iyul. 01:00

Brazilia. "Milliy" stadion.

Bosh hakam
: Jamel Haymudi (Jazoir).

Qanot hakamlari
: Reduane Achik (Marokash), Abdulhaq Etchiali (Jazoir).

Zaxira hakami:
Yuichi Nishimura (Yaponiya)

Gollar: Robin van Persi (3 - penalti), Blind (17), Veynaldum (90).

Braziliya: Julio Sezar, David Luiz, Tiago Silva, Paulino (Ernanes, 57), Oskar, Maksvell, Ramires, Luis Gustavo (Fernandino, 46), Villian, Jo, Maykon.

Gollandiya: Silessen (Vorm, 90), Vlaar, De Vrey, Martins Indi, Blind (Yanmatt, 69), Robin van Persi, De Guzman, Robben, Kuyt, Klasi (Veltman, 90), Veynaldum.

Ogohlantirishlar: Silva (3), Robben (9), De Guzman (36), Fernandino (55), Oskar (68).

                             MATNLI TRANSLYACIYA
                                      
YANGILASH



90+5` UCHRASHUV YAKUNLANDI! Braziliya yirik hisobda taslim etildi! Gollandiya esa bronza medali sohibiga aylandi!

90+3`
Silessen o'z o'rnini Vormga bo'shatib berdi.

90`
Uchrashuvga 5 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

90` GOOOOL! Veynaldum!

90`
Gollandiya tarkibida o'zgarish. Klasi o'rniga Veltman tushdi.

89`
O'yin tugashiga oz qoldi. Bronza medali uchar-gollandlar cho'ntagida...

87`
Gollandiya burchak to'pi tepdi. Bu safar Julio Sezar yaxshi o'ynadi.

85`
Braziliya jarima to'pi ishlab oldi. Lekin Xalkning oshirib bergan to'pini gollandiyalik himoyachilar bartaraf etishdi.

83`
To'p braziliyaliklarda. Ammo bundan ne naf?

81` Bu Braziliya terma jamoasini Braziliya deb yozishga ham odam qiynalmoqda... Ishoning, bu jamoa Braziliyadek o'ynolmayapti. Lekin ushbu o'lka muxlislariga tan bermasdan iloj yo'q. Jamoasini so'nggi soniyalargacha qo'llab-quvvatlashda davom etishmoqda... BRAVO!

78`
Braziliya Gollandiya himoyasini yorib o'ta olmayapti.

76`
Braziliyaning hujumi rivojlanayotgan bir paytda Xalk to'pni raqib himoyachisiga oldirib qo'ydi.

75`
Xalkning kuchli zarbasi noaniq ketdi.

74`
Braziliya tarkibidan Oskar, gollandiyaliklardan esa so'zsiz Aren Robben faol.

73` Bugungi hakamlik umuman tushunarsiz... O'yindan keyin etarlicha etirozlar yog'dirilishi aniq...

72`
Ramires o'rniga Xalk tushirildi.

70`
Blind jarohat olib maydonni tark etdi. Uning o'rniga Yanmatt tushdi.

68`
UH! Oskarga ogohlantirish! Simulyaciya uchun! Ochig'i bu erda ham bahsli holat. Oskar yiqilishni istagani bor gap, ammo Blind to'pga ulgurmagan edi.

66`
Vlaar hozir jarima maydonchasi ichida gavda aralash qo'l bilan to'pni qaytardi. Lekin hakam hammasi risoladagidek deb hisobladi. Bahsli vaziyat!

65` Ertaga jahon chempionati tugaydi... Bir oy muddat ham tezda o'tdi-ketdi...

64`
David Luizning jarimadan tepgan zarbasini Silessen egallab oldi.

63`
Braziliya to'pni ko'proq o'zida saqlamoqda. Lekin futbolchilarga ijodkorlik etishmayapti. Deyarli samarasiz tugayotgan hujumlar ketma-ketligi...

62`
Luis Felipe Skolari zaxiradan tushirayotgan futbolchilarni hammasi Robbenga qarshi o'ta qo'pol munosabatda bo'lishmoqda. Tasodif...

60`
Ramires gapimni eshitib qoldi shekilli!? Ramiresning jarima maydonchasi oldida yaqinlashib kelib bergan zarbasi noaniq ketdi...

59` Braziliya, futbol o'ynasangchi! Aren Robbenni bugun ular "tinch" qo'yishadimi?

58`
Braziliya tarkibida o'zgarish. Paulino o'rniga Ernanes tushirildi.

57`
Braziliyaning bugungi o'yini yarim finaldagi natija faqatgina tasodif emas degan fikrga keltirmoqda.

56`
Fernandino maydonga nima maqsadda tushirildi? Uning ijrosidagi navbatdagi qo'pollik. Hakam haqli ravishda Fernandinoni ogohlantirdi.

54`
Bugun jazoirlik hakam anchagina xatolarga yo'l qo'yib bo'ldi. Gollandiyaning ikkinchi goli paytida o'yindan tashqari holati va maydondagi bir necha xatolarga ko'zimiz tushmoqda.

53`
Futbolchilar ancha keskin harakat qilishmoqda.

51`
Braziliya muxlislarini tushunsa bo'ladi, ular ketma-ket ikkita "dahshatli" o'yinni tomosha qilishmoqda.

50`
Aren Robbenni Ramires qo'pollik ishlatib to'xtatib qoldi.

48`
Julio Sezar Robin van Persini aldab o'tdi va to'pni Luizga uzatdi. Braziliya muxlislarini yuragini o'ynatish yaxshi emas...)

47`
Braziliya tarkibida o'zgarish. Luis Gustavo o'rniga Fernandino tushirildi.

46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+2` Birinchi bo'lim tugadi! TANAFFUS!

45`
Birinchi bo'limga 2 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

44`
Oskarning jarima tepgan to'pi jonli devorga tegib qaytdi. Qaytgan to'pga Maksvell zarba berdi. Noaniq.

43`
Ramiresga qarshi qoida buzildi. Xavfli nuqtadan jarima zarbasi belgilandi.

41`
Braziliya to'pni o'z nazoratida saqlab turibdi. Lekin bundan naf yo'q.

38` Braziliya!!!! Qani gol?
Qanotdan etkazib berilgan to'pga avvaliga Paulino, keyin David Luis oyog'ini qo'yishga ulgurmadi.

36`
De Guzman Oskarga qarshi qoidani buzdi va hakam tomonidan ogohlantirildi.

35`
Oskarning jarimadan etkazib bergan to'pini Veynaldum boshi bilan qaytarib yubordi.

34`
Veynaldum Maykonni jarima maydonchasi oldida yiqitdi.

32`
Robbenga qarshi navbatdagi qo'pollik jarima to'pi bilan yakunlandi.

29`
Braziliya ushbu standart vaziyatidan ham foydalana bilmadi.

28`
Oskarga qarshi qo'pollik. Jarima to'pi.

27`
Tiago Silva yo'q edi deganlar uchun bugungi o'yin javob bermoqda. Braziliya himoyasi ochiq qoldirilgan eshik vazifasida... Ketma-ket ikkinchi o'yinda...

25`
Gollandiya o'zining yurishlarini samarali tarzda yakunlamoqda. Braziliya esa aytarli vaziyatlar ham yarata olayotgani yo'q.

22`
Oskarning zarbasini Silessen egallab oldi.

21`
Braziliya futbolchilari "shok" #2 ni davom ettirishmoqda!

19` Nimalar bo'lmoqda? Siz bilmaysizmi? Men ham hozircha tushunmayapman. Bu Braziliyami? Yoki sariq libosdagi Avstraliyami? Yo'q, uzr! Avstraliya Gollandiyani anchagina qiynab qo'ygani esingizdaku-a?!

17` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Blind!
Braziliya himoyasidagi navbatdagi "qovun"! Blind jarima maydonchasi ichida to'pni bemalol qabul qilib oldi va Julio Sezar darvozasiga to'p kiritdi.

16`
Julio Sezar Braziliyada o'tayotgan mundialning so'nggi 90 daqiqasida o'z darvozasidan sakkizta to'p olib chiqdi. 

14`
O'yin tempi stardagidagidek yuqori emas.

12`
Aren Robben juda faol.

10`
Braziliya chap qanotdan hujum tashkil etdi. Lekin Jo tomon uztatilgan to'pga hujumchi etib kelolmadi.

9` Ogohlantirish. Jamel Haymudi Robbenga nima uchundir sariq kartochka ko'rsatdi. Aslida Paulino unga qarshi qoidani buzgan edi.

7`
Gollandiya to'pni o'zida saqlamoqda. Braziliya to'psiz o'ynashga majbur hozircha.

Yuzerlarlarimizning fikrlarini inobatga olamiz.

5`
Braziliya shokda edi. Yangi o'yin boshlanishi bilan yana shu holatga tushib qolmoqda...

4`
Ana sizga Braziliya! Mana sizga jamoa sardori Tiago Silva! Bu gol aslida Aren Robbenga tegishli.

3` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Robin van Persi!

3`
PENALTI! AREN ROBBEN!!!!! AJOYIB REYD! Tiago Silva Robbenni ushlab qoldi!

2`
Sneyder o'yin oldi chigalyozdi mashg'ulotda jarohat olgan va uning o'rniga De Guzman o'ynarkan.

1` UCHRASHUV BOSHLANDI! Bronza uchun bahs!

Bugun Braziliya tarkibida Xalk va Fred kabi futbolchilar o'yinni asosiy tarkibda boshlashmaydi. Jo bugun braziliyalik muxlislarni quvontirish ilinjida maydonga tushgan.

Ajoyib ijro...


Braziliya futbolchilari baralla madhiyani kuylashmoqda...

Gollandiya davlat madhiyasi yangramoqda...

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

Uchrashuv boshlanishiga oz daqiqalar qolmoqda...

Neymar bugun zaxiri o'rindig'ida jamoadoshlariga dalda berib turadi



Bugungi bahsni Siz uchun SHahboz Beg'amov sharhlab boradi. Bu kaminaning ushbu jahon chempionatidagi so'nggi o'yini bo'ladi. Ertangi hal qiluvchi bahsni esa sevimli sharhlovchingiz Narzulla Saydullaev olib boradilar. Bronzani biz, oltinni Narzulla aka "hal qiladilar"...

Assalomu aleykum qadrli futbol ishqibozlari! Bugun jahon chempionati uchinchi o'rin uchun bahsida Braziliya hamda Gollandiya terma jamoalari o'zaro bellashishadi. Final ostonasidan alamli tarzda qaytgan ikki jamoaning bu uchrashuvi qiziqarli kechadi deb umid qilamiz. Har holda turnirni nisbatan yaxshiroq kayfiyatda yakunlash istagi har ikki jamoada ham mavjud. O'z mamlakatida sharmanda bo'lgan Braziliya muxlislari qarshisida ketma-ket ikkinchi o'yinni ham yomon o'tkazishga haqqi yo'q bo'lsa, musobaqani ajoyib tarzda boshlagan Gollandiya o'z yurtiga boshini baland ko'tarib qaytishni istaydi. Bu safar omad qaysi jamoaga kulib boqishini sanoqli soatlardan so'ng bilib olamiz.

- O'yin soat 01:00da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика