So’nggi yangiliklar

23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  0 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  46 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  0 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  13 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  5 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4

Brazilcha nom, nemischa mohiyat Yangiliklar

Brazilcha nom, nemischa mohiyat

Germaniya chempionati startida Bayer hamda Finlyandiya termasi hujumchisi Joel Poxyanpalo bundesliga to'purarlari qatoriga qo'shildi.

Ushbu futbolchi yaqinda 22 yoshni qarshiladi. SE bu forvardning o'ziga xos xususiyatlari, raqiblar uni qanday to'xtatishlari mumkinligi haqida so'z yuritdi.

NIMA SABABDAN KO'P GOL URYAPTI?


Odatda, nemislarning aksariyati ushbu futbolchini Yoel deb chaqirishsa, Leverkuzen va Dyusseldorfdagilar uni Joel nomi bilan taniydilar. Mabodo, CSKA azosi Roman Eryomenkodan so'rasak, u anig'ini aytishi tayin: Poxyanpalo - Joel.

Evropa shimolida tug'ilgan yigitchaning nomi braziliyaliklarga xos, vaholanki, uni Janubiy Amerika bilan boshqa hech narsa bog'lab turmaydi. O'yin uslubi, jussasi, odatlari va ishtiyoq jihatidan shimolliklarga o'xshaydi. O'z navbatida, finn emas, nemisga o'xshashini ham takidlash darkor, zero 18 yoshida Germaniyaga borgan Poxyanpalo hozirgi darajasiga aynan shu mamlakatda erishdi. Texnikasi boy emas, fint va dribling ustalari qatoriga kirmaydi. Ammo Joelda eng yaxshi nemis forvardlariga xos jihatlar - gol sezish, to'g'ri poziciya tanlash va kutilmaganda himoyachilar taqibidan qochib, jarima maydonchasida ichida ochilish qobiliyati bor. SHuningdek, ajoyib zarbaga ega, korpus bilan yaxshi ishlaydi, tezkorlik va chapdastlik borasida ham yomon emas...

To'g'ri, Germaniya futbolidagi ideal top-hujumchilar qatoriga qo'shilishiga hali erta, biroq o'z xususiyatlari yordamida bundesliganing grand klublaridan biri - Bayer etakchilaridan biriga aylanishi mumkin.

Poxyanpalo o'yin suratini to'g'ri his qilib, unga tezda moslasha oladi. U nafaqat zaxiradan muvaffaqiyatli qo'shiladi (Gamburgga qarshi kechgan bahsning ikkinchi bo'limi o'rtalarida maydonga tushib, xet-trik qayd etdi), balki hujumlar payti zarur pallada kerakli joyda paydo bo'ladi. Joel o'zining navbati etmaguncha kombinaciyalarga aralashmaydi, barchaning diqqatini o'ziga qaratib, sheriklarini qiyin ahvolda qoldirmaydi - shunchaki, to'pning qaerga kelishini oldindan aniqlab, o'sha erga oshiqadi. SHu bois ham ko'pincha raqib darvozasi oldida yakka o'zi qoladi.

UNGA QARSHI QANDAY CHORA QO'LLASH DARKOR?


Fortunada o'ynaganida Poxyanpalo ko'pincha tezkor harakatlar evaziga 11 metrli nuqta tomon intilardi. Agar uzatma aniq chiqsa, finn boshi bilan zarba yo'llar, bazan buni yiqilayotgan holda amalga oshirardi. Ammo Dyusseldorfda markaziy forvard vazifasini o'tardi, Bayerda esa qanotlardan kirib borib, asosan burchak chizig'i bo'ylab harakatlanishiga to'g'ri kelmoqda. Xullas, bu erda ham uni kutib oladiganlar topilmadi, har uchala to'pini o'tkir burchak ostida qabul qilgach, darvozaga aniq yo'lladi. Birinchisini odatiy tarzda bo'sh to'rga kiritgan bo'lsa, ikkinchi golni havodagi kurash chog'ida urdi.

To'p bilan harakatlanayotganda ijodkorlikka urg'u bermaydigan, lekin hujumni yakunlash chog'ida ajoyib o'ynaydigan bu toifa hujumchiga qarshi qanday chora qo'llash mumkin? Muntazam ravishda undan ko'z uzmaslik xavfli: Joel kutilmagan vaziyatda himoyachilarni ortda qoldirish xususiyatiga ega. To'pni qabul qilganida u bilan kurashish befoyda: Poxyanpalo to'pni o'zida uzoq ushlab turmaydi. Eng maqbul variant: Bayer futbolchilari jarima maydonchasiga to'pni yo'llashga tayyor bo'lishganda, finnga mahkam yopishib, uzatmani qabul qilishiga astoydil xalal berish. U simulyant emas, keskin to'qnashuvlar chog'ida o'zini jabrlangandek ko'rsatmaydi, ovozi boricha baqirmaydi. O'z navbatida, yakkakurashlar paytida oyog'ini osonlikcha tortib olmaydi, to'pni qaytarib olish uchun oxirigacha intiladi. Agar himoyachilar uxlab qolishmasa, leverkuzenliklar snayperi bilan bahsda yutib chiqishlari mumkin.

Asosiy diqqat-etibori to'pning qaytib chiqishiga qaratiladi - qulay imkoniyat tug'ilishini kutish chog'ida Poxyanpaloga oltinchi tuyg'u ko'maklashadi, sanoqli soniyalarda vaziyatga moslashib, aqlli va ayyorona harakat qiladi. SHuningdek, raqib himoyachilari suniy ofsayd bilan chal-g'imasliklari lozim: Joel (xuddi CHicharito singari) chiziq bo'ylab kezmaydi, balki ichkaridan chiqib, to'pni yo'l-yo'lakay qabul qilishni xush ko'radi. Tezligi yomon emas, yakkama-yakka vaziyatlarda o'zini hurmat qiladigan barcha hujumchilar singari darvozabonni ishonchli tarzda dog'da qoldiradi.

Jahon darajasidagi forvardlarga qarshi to'p surgan himoyachilar uchun Poxyanpalo u qadar kuchli ko'rinmas. Ammo uni xavfsiz deb ham bo'lmaydi. Hozirda finn ajoyib formada, kayfiyati ham yomon emas. Oldinda turgan har bir o'yinda o'zining eng yaxshi sifatlarini ko'rsatib, shu tariqa Bayerning oldingi chizig'idagi o'rnini mustahkamlashga intiladi.

Agar raqiblar o'z darvozalari daxlsizligini saqlab qolishni istasalar, budesligada qahramonlik ko'rsatayotgan bu yigitchaning ustun jihatlariga qarshi chora qo'llashlariga to'g'ri keladi.

J.ABDUVALIXO'JAEV tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика