So’nggi yangiliklar

02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  1 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  0 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  7 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  1 21:45Вирц жума куни янги клуби сафида тиббий кўрикдан ўтади  0 21:20Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Мухлисларга маслаҳат ва танқидлар ҳақида (3-қисм)  24 21:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан дуранг ўйнади, "Локомотив" сўнгги дақиқаларда ғалабага эришди  0 20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  11 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  6 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  3 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  2

Brain Ring: Suhrob Berdiev 20 ta savoldan 18tasiga to'g'ri javob berib 90 ball jamg'ardi” Yangiliklar

Brain Ring: Suhrob Berdiev 20 ta savoldan 18tasiga to'g'ri javob berib 90 ball jamg'ardi”

Loyihamizning navbatdagi mehmoni "Qo'qon-1912" yarim himoyachisi Suhrob Berdiev bo'ldi.


Mumtozbegim: Maktab paytlarni yodga olsak. Bolalik paytlaringizda maktabda qanday baholarga o'qigansiz, qaysi fanlarni yoqtirardingiz?

Suhrob Berdiev: Maktab paytlari 4-sinfgacha alo baholarga o'qiganman. Futbolga qiziqqanim uchun o'qishni ham biroz chetga surib qo'yganman (kulib). Matematika faniga unchalik qiziqmaganman. Asosan tarix faniga ko'proq qiziqish bo'lgan. Savollarga qo'ldan kelgancha javob berishga harakat qilaman.

Jahongir Sotvoldiev:  Suhrob aka men sizni loyihamiz shartlari bilan tanishtirib o'taman. Demak sizga 20 ta savol beriladi, bulardan 10 tasi futbol haqida bo'lsa qolgan 10 tasi boshqa soha to'g'risida bo'ladi. Har bir to'g'ri javob uchun 5 ball taqdim etiladi. Har bir savolga javobni o'ylab olishingiz uchun sizga 30 soniya taqdim etiladi. SHu 30 soniya ichida savolga javob bera olmasangiz u holda savolning javobini o'zim aytishimga to'g'ri keladi. Agarda javob berishga qiylansangiz, sizga 2 ta imkoniyat taqdim etiladi. Imkoniyatlardan biri 50/50, yani bitta savoldan 2 ta noto'g'ri javob olib tashlanadi. Ikkinchi imkoniyat esa esa do'stingizga qo'ng'iroq qilib savolning javobini so'rashingiz mumkin. Siz istalgan vaqtda mana shu imkoniyatlardan foydalanish xuquqiga egasiz. Demak savollarni berishni boshlaymiz, sizga omad yor bo'lsin.  

Mumtozbegim: Kievning Aybolit firmasi nimalarni tamirlash bilan shug'ullanadi?
A) Avtomobillar tamirlash     S) Poyafzal tamirlash     
B) Apple mahsulotlarini tamirlash  D) Uy jixozlarini tamirlash

Suhrob Berdiev: Menimcha poyafzal tamirlash bilan
Mumtozbegim: Javobingiz noto'g'ri. To'g'ri javob esa Apple mahsulotlarini tamirlash


Jahongir Sotvoldiev:  2015 yilda qaysi klubimiz O'zbekiston kubogini qo'lga kiritgan?
A) “Lokomotiv”     S) “Bunyodkor”     
B) “Nasaf”     D) “SHo'rtan”
Suhrob Berdiev: “Nasaf”
Jahongir Sotvoldiev:  Javobingiz to'g'ri

Mumtozbegim: Ruslan CHagaev faoliyatidagi so'nggi jangini qaysi bokschiga qarshi o'tkazgan?
A) Franchesko Pyaneta   S) Lukas Braun           
B) Aleksandr Povetkin   D) Vladimir Klichko
Suhrob Berdiev: Ruslan CHagaevning so'nggi jangini tomosha qilganman. So'nggi bor Lukas Braunga qarshi ringga ko'tarilgan.
Mumtozbegim: To'g'ri javob berdingiz

Jahongir Sotvoldiev:  Ushbu jamoalar orasida qaysi biri bir marotada O'zbekiston chempioni bo'lgan?
A) “Do'stlik”   S) “Qizilqum”       
B) “MXSK”   D) “Nurafshon”
Suhrob Berdiev: Imkoniyatdan foydalanaman 50/50.

Jahongir Sotvoldiev: Demak, ushbu savoldan 2 ta variantni olib tashlaymiz. Yani “S” va “D” variantlarini. Sizda 2 ta variant qoldi. “A” yoki “V”.
Suhrob Berdiev: “Do'stlik” jamoasi bo'lsa kerak
Jahongir Sotvoldiev:  Javobingiz noto'g'ri. To'g'ri javob esa “MXSK”


Mumtozbegim: SHahar nomlarini eslab oling: Xenchen, Yanchi, Anbyan, Finchjen, Yanchas. Ushbu shaharlarni nima bog'lab turadi?
A) Buyuk Xitoy devori   S) Familiyalar           
B) Ko'chalar     D) To'g'ri javob yo'q
Suhrob Berdiev: Menimcha Buyuk Xitoy devori bog'lab tursa kerak.
Mumtozbegim: Javobingiz to'g'ri.

Jahongir Sotvoldiev: Namanganning “Navbahor” klubi nechanchi yilda O'zbekiston chempioni bo'lgan?
A) 1994     S) 1996     
B) 1995     D) 1997
Suhrob Berdiev: 1996 yil
Jahongir Sotvoldiev: Aniq javob berdingiz

Mumtozbegim: “Kung-fu panda” multfilmida Panda obraziga qaysi aktyor ovoz bergan?
A) Jeki CHan     S) Rogen Set           
B) Jan-Klod Van Damm   D) Jek Blek
Suhrob Berdiev: Tahmin qilaman, Jek Blek bo'lsa kerak
Mumtozbegim: Tahminingiz o'zini oqladi, haqiqatdan ham Jek Blek Panda obragiza ovoz bergan

Jahongir Sotvoldiev:  Krishtianu Ronaldu Portugaliyaning “Sporting” jamoasida nechanchi raqam ostida harakat qilgan?
A) 7   S) 18     
B) 9   D) 28
Suhrob Berdiev: 28 raqam ostida harakat qilgan
Jahongir Sotvoldiev: Javobingiz To'g'ri


Mumtozbegim: Uchinchi sayyora nomini ayting?
A) Yupiter   S) Saturn
B) Er     D) Pluton
Suhrob Berdiev: Albatta er
Mumtozbegim: To'g'ri javob berdingiz

Jahongir Sotvoldiev: “Real Madrid” klubi bosh murabbiyi Zayniddin Zidan futbolchilik faoliyatida nechanchi yili “Oltin to'p” sovrinini qo'lga kitirgan?
A) 1995      S) 1997           
B) 1996     D) 1998
Cuhrob Berdiev: Aniq bilaman 1998 yil.
Jahongir Sotvoldiev: Mutlaqo to'g'ri javob berdingiz

Mumtozbegim: “Kelinlar qo'zg'oloni” filmi nechanchi yilda suratga olingan?
A) 1984     S) 1986   
B) 1985     D) 1987
Suhrob Berdiev: 1984 yilda
Mumtozbegim: Javobingiz to'g'ri

Jahongir Sotvoldiev: Futbol bo'yicha Ispaniya chempionatiga nechanchi yilda asos solingan?
A) 1926     S) 1928
B) 1927     D)1929
Suhrob Berdiev: 1929 yilda bo'lsa kerak
Jahongir Sotvoldiev: Javobingiz to'g'ri

Mumtozbegim:  Amir Olimxon nechanchi yilda tavallud topgan?
A) 1870     S) 1880     
B) 1875     D)1885
Suhrob Berdiev: 1880
Mumtozbegim: Javobingiz to'g'ri


Jahongir Sotvoldiev: Taniqli hakamimiz FIFA referisi Ravshan Ermatov JCH-2010 mundialida ochilish uchrashuvida qaysi terma jamoalar ishtirokidagi o'yinni boshqargan?
A) Urugvay-Franciya      S) JAR-Meksika         
B) Argentina-Nigeriya  D) Angliya-AQSH
Suhrob Berdiev: JAR-Meksika
Jahongir Sotvoldiev: To'g'ri javob berdingiz
 

Mumtozbegim: Quyosh sistemasidagi oltinchi sayyora nomi?
A) Saturn   S) Yupiter   
B) Neptun   D) Pluton
Suhrob Berdiev: Saturn
Mumtozbegim: Javobingiz to'g'ri

Jahongir Sotvoldiev: “Paxtakor” klubining ilk murabbiyi kim bo'lgan?
A) Yuriy Xodotov       S) Lev Olshanskiy       
 B) Mixail Yakushin    D)  Valentin Bextenev
Suhrob Berdiev: Valentin Bextenov
Jahongir Sotvoldiev: To'g'ri javob berdingiz

Mumtozbegim: Asaka avtomobillar zavodi nechanchi yilda foynalanishga topshirilgan?
A) 1994     S) 1996             
B) 1995     D) 1997
Suhrob Berdiev: 1996
Mumtozbegim: Javobingiz to'g'ri

Jahongir Sotvoldiev:  Mirjalol Qosimov milliy terma jamoa safida raqiblar darvozasini necha bor ishg'ol qilgan?
A) 31     S) 33
B) 32     D) 34
Suhrob Berdiev: 31 ta
Jahongir Sotvoldiev: To'g'ri javob berdingiz
Mumtozbegim: Mayli-da, kimgadir Yoqsa, Yoqmasa, Ularga qo'shilib Yig'lasharmidik. Biz baxtli bo'lamiz Xudo xohlasa, Xudo xohlamasa Uchrasharmidik… Ushbu sherni qaysi shoirimiz qalamiga mansub?

A) Abdulla Oripov   S) Erkin Vohidov
B) Muhammad Yusuf   D) Usmon Nosir
Suhrob Berdiev: Muhammad Yusuf
Mumtozbegim: Javobingiz to'g'ri


Jahongir Sotvoldiev:  “Barselona” klubi futbolchisi Leonel Messi 2008 yili Pekinda o'tkazilgan Olimpiadada Argentina terma jamoasi bilan qanday medalni qo'lga kiritgan?
A) Oltin   S) Bronza    
B) Kumush   D) Medallarni qo'lga kiritmagan

Suhrob Berdiev: Oltin
Jahongir Sotvoldiev:  To'g'ri javob berdingiz

Suhrob Berdiev: Ushbu loyihaga taklif qilganinglar uchun minnatdorchilik bildiraman. Taassurotlarim haqida gapiradigan bo'lsam, o'zim bilmagan ayrim savollarning javobini ham bilib oldim (kulib). Maktab damlarimni ham yodga oldim. Ushbu loyihada nafaqat meni balki boshqa futbolchilarning ham bilimi qay darajada ekanligini bilib olsa bo'lar ekan (kulib). Kayfiyat ham alo darajada bo'ldi. Loyihaning kelguvsi sonida “Lokomotiv” klubi futbolchisi Sanjar SHoahmedovni ko'rishni istardim.   

Jahongir Sotvoldiev va Mumtozbegim


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика