So’nggi yangiliklar

11:18Роналду Луис Диасни "Ал Насср"да кўришни истамоқда — клуб 100 миллион евро беришга тайёр  0 10:46"Like Сup" қайтди. 3 та тўқнашувда 29 та гол урилган учрашувлардан галерея  2 10:19ОКМК назорат учрашувида Қирғизистон клубини йирик ҳисобда енгди  0 09:52Валижон Раҳимов: "Нима учун ўзимни кўрсата олмаганимни ҳалигача тушуниб етмадим"  2 09:15"Реал" ўзининг энг қиммат футболчиларидан бири билан хайрлашишга тайёр  6 08:51"Нефтчи"даги саҳифам ёпилди, кетиш икки томон учун ҳам фойдали бўларди" — Тома Табатадзе билан интервью  3 08:20МЛС. "Интер Майами" мағлубиятга учради, Мессининг голли серияси якунланди  3 08:00Неймарнинг голи "Сантос"га ғалаба келтирди, "Фламенго"нинг ғалабали серияси тўхтади  0 07:30"Нефтчи" мураббийи клубни тарк этди   2 01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  14 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  10 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  2 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  3 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  2

Boychiborning qayrilgan qanoti endi parvoz qila oladimi? Yangiliklar

Boychiborning qayrilgan qanoti endi parvoz qila oladimi?

"Surxon" uchun moliyaviy masalalar borasida diqqat markazida turish begona holat emas.

O'zbek xalq og'zaki ijodining eng katta meroslaridan bo'lgan "Alpomish" dostonidagi personajlarni qizlarning ketidan yurishni kamaytirib, diqqat-etiborini oliygohga o'qishga kirishga qaratgan hamda abiturient degan faxriy unvonga ega bo'lgan aka-ukalarimiz yaxshi bilishadi.

Ushbu nomga sazovor bo'lib, asarni qayta-qayta o'qigan yoxud test uchun yodlagan kishilar Boysun elidagi Boybichor tulporini yaxshi bilishsa kerak. Biroq gap bu haqda emas, balki shu vohaga tegishli bo'lgan hamda laqabi "uchar tulporlar" bo'lgan "Surxon" haqida.

Surxondaryoliklar 29 martga qadar klubning sobiq futbolchi hamda murabbiylari oldidagi qarzdorligini bartaraf etmasa, kelgusi mavsumni quyi ligada davom ettirishi mumkinligi bilan ogohlantirildi. Bu "Superliga va Pro liga reglamenti"ning 10.2-bandida o'z aksini topgan.

10.2. Futbol klubi musobaqada qaysi o'rinni egallashidan qati nazar, agar u licenziyalash talablarini bajara olmasa, O'FA tegishli qo'mitasi licenziyalash tahlillari asosida o'z xulosalari bilan futbol klubini musobaqadan chetlatishni talab qilish huquqiga ega. Bunday holatda licenziyalash talabini bajara olgan quyi liganing tartib bo'yicha keyingi futbol klubi mazkur qatnashchi o'rnini egallaydi.

"Surxon" uchun bu kabi mojarolar begona emas. Termizliklar Vladimir Bubanya bilan moliyaviy majburiyatlar bajarilmagani yuzasidan bir necha bor sudlashdi. Bundan tashqari, o'tgan yili, hatto undan avvalgi yili  ham ko'p futbolchi va xodimlarning maosh va mukofot pullarini olishmagani haqida xabarlar tarqalgandi. 

Yangiliklar charxpalagani bundan-da orqaroqqa aylantiradigan bo'lsak, klub bilan bog'liq shu kabi voqealarga duch kelamiz. Jumladan, kaltaklangan Javohir Esonqulov voqeasi ham aynan moliyaviy qarzdorlik ortidan yuzaga kelgandi.

SHu-shu, zamonaviy talqinda aytadigan bo'lsak, "Eski basseyn, eski sauna" qabilida "Surxon" klubi har yili mullajiring bilan bog'liq muammolar girdobidan chiqa olmayapti.

Mobil telefonimizda MCHS bizni qanchalik yo'qlab tursa, FIFA ham ogohlantirish maktublarini shunchalik "Surxon"ga yuborib turibdi.

Jumladan, 2020 yilning oktyabrida Bubanya ishi uchun 45 kun muhlat berildi. Keyinchalik mazkur ogohlantirishga javoban "Surxon" o'z davosini kiritdi. So'ngra klubga transfer taqiqi qo'yildi. 2021 yil Vladimir Bubanya oldidagi qarzdorlikni to'liq bartaraf etdi. O'tgan yili esa yana shu mashmasha ko'tarildi.

Qolaversa, klubni moliyalashtirish borasida ham chigal vaziyat davom etmoqda. Bir vaqtlar Ispaniyaning Marca nashrida chiqish qilgan klubning ishlari maydonda emas, maydon ortida "tiki-taka" bo'lib turibdi.

Superligaga "olib chiqilgan" klub o'tgan yili o'z maydonida birorta uchrashuv o'tkazmadi va bu ahvol davom etadigan bo'lsa, joriy mavsum davomida ham "Surxon" "poytaxt klubi"ga aylanadi.

Eshitdik-da! "Surxon" futbol klubining 2019-2022 yilgi moliyaviy faoliyati jiddiy o'rganiladi

O'tgan mavsum ligada zo'rg'a jon saqlab qolgan klub yil avvalida yangi loyiha boshlash arafasida turgandi va tarkibga nomdor o'yinchilarni jalb eta boshladi. Biroq "Eriell Group" xo'jayini klubni sotib olgach, negadir yangi nomlar kelish o'rniga mavjud futbolchilar ham ko'ch-ko'ronini yig'ishtira boshladi. Qishki transferlar oynasida klbni o'ndan ortiq futbolchi tark etdi, ular orasida ispan legionerlari ham bor edi. SHuningdek, tarkib yangilandi. Ispanlar o'rniga rus va belarus o'yinchilari jalb etildi. Bundan tashqari, jamoada Sergey Tokov ish boshladi. Biroq jamoaning ishlari hamon qishloqlardagi yog'ingarchlik paytidagi yo'llar singari ko'rinish olmoqda. Avvalgi muammolar yuzasidan saytimizga klubning bir qator futbolchilari murojaat bilan chiqishgan.

"Surxon"ning sobiq futbolchilari "portlashdi": Klub faqat FIFAdan qo'rqadimi? Nega Termiz klubi hamon qarzlarini bermayapti?

6 yanvar kuni Surxon PFK MCHJ ustav fondidagi davlat ulushini sotish masalasiga va nihoyat imzo chekilgan. SHu bilan birga, Yangi MCHJ Surxondaryo futbolini yangi bosqichga olib chiqish uchun investiciya kiritishni maqsad qilgan, viloyat hokimligi chekiga esa Surxon PFK MCHJning shu vaqtgacha bo'lgan qarzdorliklarini bartaraf etish majburiyati yuklatilgani qayd etilgandi.

Kuni kecha Surxondaryo to'prog'ida kindik qoni to'kilib, o'zi tengqur jujuqlar bilan to'p talashib voyaga etgan hamda qadami Italiyagacha etgan Eldor SHomurodov terma jamoa safida gol urish borasida tarixiy rekordni takrorladi. Ushbu o'lka shu kabi iqtidolarga boy. Faqatgina ularga ko'mak berilishi lozim. Ko'mak esa kimlarningdir cho'ntagini qappaytirishi kerak emas. 

"Surxon"ga ham Alpomishning uchar to'lpori bo'lgan Boychibor singari yuksak parvozlar tilab qolamiz. Umid qilamizki, tez orada jamoa muammosini hal qila oladi va yil davomida klubning mojarolari emas, natijalari diqqat markazida bo'ladi.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика