Boyan Naydenov: "Lokomotiv" - katta nom, katta klub"
16 jan 2023 18:20
Yangiliklar


Boyan Naydenov: "Lokomotiv" - katta nom, katta klub"
- Dastlabki taassurotlar ajoyib. Mo'jazgina stadion, klub infratuzilmasi, umuman barchasi ajoyib. Nafaqat "Lokomotiv", balki, Toshkentning barcha klublari juda tartibli ishlashadi.
- "Lokomotiv" Pro-ligada ishtirok etadi. Klub jamoaga bir yilning o'zida Superligaga qaytish vazifasini qo'ygan. Bu haqida nima deysiz?
- Holatni yaxshi tushunib turibman. Umid qilamanki, vazifani alo darajada bajaramiz. CHunki "Lokomotiv"ning joyi Pro-ligada emas. Klubni Superligaga qaytarish shart!
- Bu erga kelguningizcha klub haqida nimalarni eshitdingiz?
- O'zbekistonda o'ynaganim uchun ko'p narsalarni bilaman. "Lokomotiv" - katta nom, katta klub. Bunday rahbariyat, jamoadoshlar bilan klub aslida Superligada bo'lishi kerak. Hali barchasi o'z o'rniga tushib ketadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar