So’nggi yangiliklar

12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  1 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  1 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  5 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  4 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  5 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  16

Boyan Miladinovich: “Paxtakor”da qalbimning bir bo'lagini qoldirganman" Yangiliklar

Boyan Miladinovich: “Paxtakor”da qalbimning bir bo'lagini qoldirganman"

“Paxtakor”da 6 mavsum davomida o'ynagan serbiyalik himoyachi Boyan Miladinovich bu yil Malayziya chempionatida omadini sinab ko'rdi.

U “Felda Yunayted” klubi sharafini himoya qildi. CHempionlar ligasiga qura tashlangach, undan yurtimiz va Malayziyadagi faoliyatiga doir savollarga javob oldik.

- Xayrli kun, Boyan. Malayziyada ishlaringiz qanday?
- Juda yaxshi. Bu erda meni barcha narsa meni qanoatlantirmoqda – ob-havo va Kuala Lumpur shahri ham. Taomlar yaxshi, lekin ular O'zbekistondagichalik emas, albatta.

- Malayziya chempionati haqida qanday fikrdasix?
- Juda kuchli emas. Aytishim mumkin, bu erda legionerlar yaxshi o'ynashadi. Agar xorijlik bo'lsang, har bir uchrashuvda o'yiningni namoyish etishing shart. Biror narsa joyida bo'lmasa, hamisha legionerlar aybdor sanaladi. Natija ijobiy holatda jamoaning xizmati bo'ladi. Aksincha vaziyatda esa aybdorlar tezda topiladi.

- “Paxtakor”ni sog'indingizmi?
- Sog'indim. Sobiq jamoadoshlarimga muxlislik qilaman, imkon qadar o'yinlarni internet orqali kuzatib boraman. “Paxtakor”da qalbimning bir bo'lagini qoldirganman.



- “Paxtakor”ga uzoq vaqt rahbarlik qilgan va o'tgan yili bosh murabbiy sifatida ishlagan Samvel Babayan ayni paytda O'zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiyiga aylangan. Bu haqida fikringiz qanday?
- Samvel Babayan men bilan birga ishlagan rahbar va menejerlar orasida eng yaxshilaridan biri. U kuchli mutaxassis va psixolog. Faoliyatimda bunday insonni ko'rmaganman. “Paxtakor”dagi ishida u barchaga terma jamoada ishlay olishi va uni jahon chempionatiga olib chiqa olishini ko'rsatdi. Avvalgi mavsumda uning boshchiligida 26 uchrashuvda biror marta yutqazmadik. Bu uning sifatlarini ko'rsatadi. O'yla   ymanki, O'zbekiston futbol federaciyasining bu qadami to'g'ri bo'lgan. Uning oxirgi natijalari buni ko'rsatib turibdi. U o'zbek futboli ishqibozlarining orzularini ro'yobga chiqarib, jamoani 2018 yilgi jahon chempionatiga olib chiqishini tilayman.

- Ko'z oldingda o'sgan “Paxtakor”ning yosh futbolchilari hozir terma jamoa o'yinchilariga aylanishdi. Ular haqida qanday o'ylaysiz?
- Ularni yoshligidan beri bilaman. Yildan-yilga ular kuch va tajriba to'plab borishdi. Iskanderov, Sergeev, Krimec  - murabbiylar shtabining jiddiy mehnati samarasi. Sergeev bo'yicha aytishim mumkin, ishga munosabatidan uning eng yaxshi hujumchilardan biriga aylanishi sezilardi. Iskanderov Osiyoda eng iqtidorli futbolchilardan biri. Agar jarohat olmaganda u yanada yaxshiroq o'ynayotgan bo'lardi. Uning eng yaxshi yillari hali oldinda. Masharipov o'tgan yildayoq asosiy tarkibga nomzod sanalardi. U o'z vaqti kelishini kutdi va bundan foydalandi. Yosh futbolchilarni asosiy tarkibga yo'naltirishda murabbiylar shtabining xizmati katta. Hozir Sergeev va Krimec Evropa klublariga bemalol o'tib, o'yinlarini namoyish qila oladi. Ular allaqachon kuchli va talabga javob beradigan o'yinchi. “Paxtakor” va O'zbekistonning ko'plab yosh futbolchilarida katta imkoniyatlar mavjud.

- CHempionlar ligasida qura natijalariga ko'ra, “Paxtakor” “S” guruhida Saudiya Arabistonining “Al Hilol”, Eronning “Traktorsozi”, shuningdek, BAAning “Al Jazira” yoki “Al Sadd” klublaridan biriga qarshi kurash olib boradi. CHempionlar ligasida ko'p uchrashuvlar o'tkazgan futbolchi sifatida “Paxtakor”ga guruhdan chiqishi uchun nima zarur deb o'ylaysiz?
- “Paxtakor”ning kuchi birlasha olishda. Jamoada futbolchilar ko'pdan beri birga o'ynab kelyapti. Yana kuchli murabbiylar shtabi bor. “Al Hilol” Saudiyaning eng kuchli jamoasi. 2009 yil ularga qarshi o'ynaganmiz va oson bo'lmaydi. Uydagi uchrashuvlarning hammasini yutish kerak. SHunda guruhdan chiqishga aniq imkoniyat yuzaga keladi.


- Malayziyada mavsum tugadi, klub bilan shartnomang yakunlandi. Faoliyatingni qaerda davom ettirasiz?
- Hozir Malayziyaning ikki klubidan taklif bor. Serbiyadan ham taklif bo'ldi, lekin bu erda qolib, o'zim va oilam uchun pul ishlab topishni istayman. O'ylashimcha, yana bir yil qolsam kerak. CHempionat juda qiyin emas va maosh ham ancha yuqori.

- Faoliyatingni tugatgandan keyin murabbiy bo'lsang, “Paxtakor”ga qaytishing mumkinmi?
- Qaerda o'ynashimdan qati nazar “Paxtakor” ikkinchi uyim bo'lib qoladi. Ha, murabbiylik faoliyati bo'yicha rejalarim bor. Jamoaga har qanday rolda qaytishdan xursand bo'laman, faqat futbolchi yoki murabbiy bo'lib emas.

- Bu yil o'zbek futboli afsonalaridan biri Anvar Soliev faoliyatini yakunladi. Bu o'yinchi haqida nimalarni eslaysiz?
- Hayotda va maydonda shunday inson bilan tanishganimdan taqdirga rahmat aytaman. U yaxshi do'st. Bunday odamlar yuz yilda bir marta tug'iladi. Sovrinlari ko'p va sovrinsiz ko'plab futbolchilarni ko'rganman. Lekin Anvar umuman boshqacha, juda xotirjam. Hech qachon yulduzlikka berilmagan, jamoadoshlariga hamisha maslahatlari bilan yordam bergan. Unga futbolchiligidan ham ko'ra yaxshiroq murabbiylik faoliyatiga ega bo'lishini tilayman. Sovrinlarga yanada ko'proq ega chiqsin.

- “Paxtakor” ishqibozlariga qanday tilak bildirasiz?
- O'zbekistondagi faoliyatim mobaynida muxlislar bilan o'rtamizda yaxshi munosabat va tushunish bo'lgan. Ular meni maydonda ham, uzoq vaqt jarohatimni davolatganimda ham qo'llab-quvvatlashgan. G'alabalarda muxlislarimizning katta hissasi bor. Ularga eng yaxshi narsalarni, sog'liq va baxt tilayman. “Paxtakor” CHempionlar ligasida zafar quchsin, ishqibozlarimiz bunga munosib. Men jamoa nomidan gapiryapman, chunki yuragimning bir qismi hamisha Toshkentda, “Paxtakor” nomli afsonaviy klubda qolgan.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика