"Boxum" - "Borussiya M" o'yini oxiriga etmay qoldi
19 mar 2022 08:07
Yangiliklar
"Boxum" - "Borussiya M" o'yini oxiriga etmay qoldi
Bundesliganing 27-turi doirasidagi "Boxum" hamda "Borussiya M" jamoalari o'yini nihoyasiga etmay qoldi.
O'yinning 69-daqiqasida muxlislardan biri qanot hakami Kristian Gittelmanning boshiga buyum, aniqrog'i pivo stakanini uloqtirdi. SHu sabab referi Benyamin Kortus o'yinni tugatdi.
Mezbon futbolchilar muxlislarni tinchlantirishga harakat qilishdi, "Borussiya" vakillari esa ichkariga kirib ketishdi. Bu vaqtga kelib mehmonlar 2:0 hisobida g'alaba qozonayotgandi.
20 daqiqadan keyin esa o'yin davom ettirilmasligi malum qilindi.
Fikrlar