"Boxum" "Borussiya M" bilan o'yinda ro'y bergan voqea uchun hakamdan uzr so'radi
19 mar 2022 19:18
Yangiliklar
"Boxum" "Borussiya M" bilan o'yinda ro'y bergan voqea uchun hakamdan uzr so'radi
"Boxum" matbuot xizmati Bundesliganing 27-turidan o'rin olgan Myonxengladbaxning "Borussiya"siga qarshi o'yinda yuzaga kelgan shov-shuvli vaziyatga munosabat bildirdi.
Eslatib o'tamiz, o'yin tribunadan otilgan stakan yon hakamning boshiga tegib ketgani tufayli muddatidan avval yakunlangandi.
"Biz rasman laynsmen Kristian Gittelmanndan uzr so'raymiz. Biz uchun eng noqulay va alamli oqshom. O'ta ahmoqona harakat amalga oshirildi", – deyiladi klub rasmiy izohida.
Voqea ikkinchi taym o'rtalarida "Borussiya" 2:0 hisobida oldinda borayotganda kuzatildi.
O’xshash yangiliklar
03:05
ECHL. Amorim Liccabonda Gvardiolaning tazirini berdi, "Liverpul" "Bayer"ga imkoniyat qoldirmadi 73
Fikrlar