"Arsenal" 75 mln evroga forvard xarid qilmoqchi

Alisher Ostonov
17 may 2025, 12:10
Viktor Gyokeresh APLga ko'chib o'tishga yaqin turibdi.

Lissabonning "Sporting" klubi forvardi "Arsenal"ni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Londonliklar futbolchi uchun 75 million evro to'lashga tayyor. Futbolchining o'ziga esa ko'p yillik shartnoma taklif qilinmoqda.

Avvalroq, "Sporting" Gyokereshni sotishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan. Shved joriy mavsum Portugaliya klubi safida 47 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: A Bola