MYU Reshfordga narx belgiladi

Khoja
17 may 2025, 09:56
“Manchester Yunayted“ vinger Markus Reshfordni yozda sotadi.

Bu haqida The Telegraph xabar bermoqda. MYU futbolchisini 40 million evroga baholamoqda. Futbolchining o'zi “Barselona“ga o'tishni orzu qilmoqda. Biroq agar ushbu kelishuv amalga oshmasa, ECHLda o'ynaydigan jamoalardan birida harakat qilishni maqsad qilgan.

Markus qishdan beri “Aston Villa“da ijara asosida harakat qilmoqda. U joriy mavsum 41 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 11 ta gol va 9 ta golli uzatm bor. Futbolchining MYU bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilning yozida yakunlanadi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: The Telegraph