So’nggi yangiliklar

16:23"Барселона" Месси, Коутиньо, Куман олдидаги қарзларини ёпди  3 15:52"WhoScored" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатининг гуруҳ босқичи рамзий термасини тақдим қилди  8 15:15Факт: "Нефтчи" 17 йилдан буён меҳмонда "Қизилқум"ни юта олмаяпти  0 14:52“Нефтчи” академияси фаолиятини бошламоқда!  3 14:20Месси туғилган кунини нишонлади, Араухо уйланди, ПСЖда "ойлик чиқди". Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 14:10Котрина Кулбите: "Муносиб ўйин кўрсатиб, Осиё кубоги йўлланмасини қўлга киритишни мақсад қилганмиз"  1 13:54"Динамо" бир киши кам бўлиб "Қўқон-1912"ни ютган учрашувдан галерея  2 13:28Гвардиола Грилишнинг кам ўйнаётгани сабабини айтди  1 12:56Милан Митрович: “Футбол ҳаётга ўхшайди — ҳамма нарса режадагидек кетавермайди”  2 12:50Симоне Инзаги: "Пеп Гвардиола - энг зўри"  2 12:22Исломбек Исмоилов: "Нефтчи"га вилоят ҳокимининг таклифи билан келдим"  11 12:12Рафинья Нико Уильямс ҳақида: "Юқори сифатли футболчи"  2 11:44"Астон Вилла" "Челси" ва "Арсенал" қизиқаётган футболчиси учун 100 млн фунт талаб қилмоқда  1 11:16"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади  7 10:50Винисиуснинг талаблари маълум. Унинг талабларини “Реал“ қабул қилишга тайёр эмас  18

Botir Nosirov: “Har qanday holatda ham “Mashal”ning rejalari va maqsadlari o'zgarmaydi” Yangiliklar

Botir Nosirov: “Har qanday holatda ham “Mashal”ning rejalari va maqsadlari o'zgarmaydi”

Superliganing 18-turida “Mashal” safarda “Qo'qon-1912” jamoasi bilan kuch sinashdi. Uchrashuv 2:2 hisobi bilan yakunlandi.

Uchrashuvdan so'ng muborakliklar darvozaboni Botir Nosirovning fikrlariga quloq tutdik.

- Juda qiziqarli o'yin bo'ldi, - deya so'z boshladi Nosirov. O'yinga astoydil tayyorgalik ko'rdik. Raqibning kuchidan kelib chiqib, mashg'ulotlarda turli taktikalar ustida ishladik. Bevosita o'yinga to'xtalsam, bunday jangovar o'yin bo'lishi kutmagandik. Yigitlarga rahmat, ular oxirigacha kurashdi. Avvalgi turdagi mag'lubiyatdan so'ng bu uchrashuvda yaxshi natija ko'rsatmasak, muxlislarimiz oldida uyatli bo'lib qolardik. SHuni inobatga olib so'nggi daqiqalarga qadar maydonda borimizni berdik.

Kutilmagan jarohat tufayli maydonga tushishi borasida


- To'g'risi, kutilmagan holat ro'y berdi. Asosiy darvozabonimiz SHoxrux Eshbo'taev o'yin avvalidagi mashg'ulotlar paytida tizzasidan jarohat oldi. Natijada, o'yinda ishtirok eta olmasligi oydinlashganidan so'ng menga imkoniyat berildi. Men uchun bu kutilmagan holat bo'ldi. Ikki marotaba to'p olib chiqqanim kishini xafa qiladi.

Mavsum yakuniga qadar qo'yilgan maqsadlar to'g'risida


- Bizning jamoa doimo o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan. Har qanday holatda ham “Mashal”ning rejalari va maqsadlari o'zgarmaydi. Bizni pastki ligaga tushirib yuborgan vaqtida ham hech qachon tushkunlikka tushmasdan, oldimizda qo'yilgan maqsadlar sari bosqichma-bosqich qadam tashladik. Joriy mavsumning qolgan uchrashuvlarida, muxlislarimizni g'alabalarimiz bilan xursand qilmoqchimiz. Tarkibimizdan bir nechta etakchi futbolchilarimiz tark etgani ham o'z tasirini ko'rsatmoqda. Asosan akademiyamizdan chiqqan yigitlar to'p tepmoqda. Ular yosh, hozirda Superligadagi o'yinlari orqali mahoratlarini oshirib bormoqda. SHunga qaramay, o'yindan-o'yinga natjalarimiz yaxshilanib borishiga ishonchim komil.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика