So’nggi yangiliklar

22:54"Ювентус" тезроқ Влаховичдан қутилмоқчи, Душан эса йиллик маоши 20 млн. евро бўлган таклифни рад этди  0 22:15МЮ нархи 60 млн. фунт бўлган ҳужумчини сотиб олиши мумкин  0 22:00Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Сурхон"га енгилди  60 20:33"Реал" сардори жароҳатидан қутилди ва майдонга қайтишга тайёр  1 19:50"Реал" трансфер мақсадларининг биридан воз кечди  3 19:21"Ювентус" юлдуз ҳужумчиси учун бор-йўғи 20 млн сўрамоқда  5 18:44"Реал" Клублар ўртасидаги ЖЧдан кейин яна бир ҳимоячи билан шартнома имзолайди  4 18:18Лопетегининг сўровига биноан Ал Хайдос Қатар терма жамоасига чақирилди  8 17:45"Навбаҳор" футболчиси Беларусга йўл олмоқда  15 17:23Ўзбекистон Кубоги 1/8 финал босқичи ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  2 17:02"Динамо" ҳамда "Нефтчи" ўртасидаги қолдирилган баҳсга ҳакамлар тайинланди  4 16:41Қозоғистон футбол федерацияси президенти Ўзбекистон билан ўйин ҳақида баёнот берди  19 16:18Игорь Шквирин Европа клубига ўтиши нега барбод бўлганини айтиб берди  18 16:11"Бунёдкор" "Сўғдиёна"ни ранжитган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:38"Рома" "Борнмут" аъзосини харид қилмоқчи  0

Boshqarma xodimlari musobaqa g'olibi Yangiliklar

Boshqarma xodimlari musobaqa g'olibi

Teglar :  Xorazm viloyati
Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida uyushtirilgan mini futbol bo'yicha “Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi Kubogi-2019” musobaqasi o'ziga xosligi bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

Mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev rahbarligida 2019 yilning 4 sentyabrida o'tkazilgan videoselektor majlisi bayonida belgilangan vazifalar ijrosini taminlash maqsadida tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada Xorazm viloyatida ham etiborga molik tadbirlar uyushtirilyapti. Jumladan, Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida uyushtirilgan mini futbol bo'yicha “Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi Kubogi-2019” musobaqasi o'ziga xosligi bilan muhim ahamiyat kasb etdi. Unda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi apparati, boshqarmaning shahar va tumanlardagi bo'limlari, sport maktablari hamda maktab-internatlarining rahbar xodimlari va metodistlardan tashkil topgan 14 ta terma jamoa olimpiya tizimida kuch sinashdi.

Final uchrashuvida 4 ta BO'SM-Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan, Yakkama-yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan, Suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan va Gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablari xodimlaridan tashkil topgan “Yoshlik” sport majmuasi jamoasi va Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi apparati jamoasi o'zaro kuch sinashdi. Qiziqarli va keskin kechgan bellashuvning asosiy vaqtida g'olibni aniqlashni imkoni bo'lmadi, 4:4. Penaltidan to'p tepish mashqini bajarishda Boshqarma apparati mini futbolchilari omadli chiqishdi-3:2. Natijada, ular ilk bor o'tkazilgan musobaqa g'olibi bo'lishdi. “Yoshlik” vakillari ikkinchi o'rinni egalladi. Faxrli uchinchi o'rindan Urganch tumani terma jamoasi joy oldi.


Musobaqa natijalari
Nimchorak final. Xonqa tumani-Bog'ot tumani-4:6, Xiva shahri-SHovot tumani-1:5, Gurlan tumani-Xiva tumani-5:1, Urganch shahri-Hazorasp tumani-2:3, Boshqarma apparati-Yangiariq tumani-4:0, Yangibozor tumani-Urganch tumani-0:6.

CHorak final.“Yoshlik” sport majmuasi-Bog'ot tumani-7:2, SHovot tumani-Gurlan tumani-5:2, Hazorasp tumani-Boshqarma apparati-0:4, Urganch tumani-Qo'shko'pir tumani-0:0(pen. 3:2).

Yarim final.“Yoshlik” sport majmuasi-SHovot tumani-5:4, Boshqarma apparati-Urganch tumani-6:3.

3-o'rin uchun.SHovot tumani-Urganch tumani-2:4.

Final.“Yoshlik” sport majmuasi-Boshqarma apparati-4:4(pen. 2:3).


G'olib jamoa quyidagi tarkibda ishtirok etdi: SHokir Madaminov (jamoa sardori, boshqarma boshlig'i), Jonibek Meyliev (boshliq o'rinbosari), Oybek Kamalov (bosh mutaxassis), Sarvar Qalandarov (bosh mutaxassis), Abbos Karimov (bosh mutaxassis), Obodjon Abdullaev (bosh mutaxassis), Samandar Xo'janiyazov (bosh mutaxassis), Jasur Atadjanov (bosh mutaxassis), Sanjar Vaisov (etakchi mutaxassis).

Ikrom XUDOYBERGANOV Urganch shahridan.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика