So’nggi yangiliklar

00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Дарвозабоннинг ПСЖ билан шартномаси 2026 йилда тугайди, футболчи КЖЧ битимни узайтириш борасида қарор қабул қилади  1 23:58Шквирин "Андижон"да  1 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  3 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  4 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  8 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  4 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  3 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  9 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  18 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  20 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  5 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2

Boshlandi! O'zbekiston futbol associaciyasiga alangali salom Yangiliklar

Boshlandi! O'zbekiston futbol associaciyasiga alangali salom

O'zbek futbolida kelishilgan o'yinlar har doim bo'lgan.

Biz afsona sifatida biladiganimiz To'lagan Isoqovning takidlashicha, SSSR oliy ligasi davrida ham (35-40 yil oldin), Aziz Haydarovning iqroriga ko'ra, u O'zbekiston chempionatida g'alaba qozonib yurgan mahallarda ham (bir necha yil oldin) bo'lgan, O'FA matbuot xizmatining xabarlariga ishonsak, o'tgan mavsumda ham bor edi.

Xabaringiz bor, 2020 yilning oxirida futbolimiz boshida turgan muhtaram tashkilot futboldagi korrupciyaga qarshi "urush ochdi". Hammamiz o'rnimizdan turib, qarsak chalib yubordik. "Barakalla, bo'larkan-ku", dedik. Ishondik, vaqti kelgan edi-da. Keyin nima bo'ldi?..

Biroz avval "Turon" jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilovning "olovli" nutqini eshitgan bo'lsangiz kerak. U to'g'ri gapirdi yoki yo'q, bilmadim. Lekin qachondir aytilishi kerak bo'lgan, kimdir aytishi kerak bo'lganlarni gapirdi. Butun "karerasi"ni o'rtaga qo'yib gapirdi. Yana takrorlayman, avval o'rtaga qo'ydi, keyin gapirdi...




Uning gaplarini muhokama qilmaymiz. Faqat uning nutqidan nomalum manzilga yo'llangan savollarni ajratib olib, masullarga etkazamiz.

1. Futboldagi korrupciyani tugatish haqida o'ylayotgan, ammo aybdorlarning barchasini jazolamagan O'FAga dastlabki savol: hakamlarga kim chora ko'radi?

2. Yangi mavsum startigacha kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgan barchaning jazolanishini vada qilgan O'FAga ikkichi savol: allaqachon 2021 yilgi mavsumning 2-turi boshlandi, yana qachongacha chidash mumkin?

3. Futbolni tozalayotgan O'FAga navbatdagi savol: shumi tozalayotgani?

4. Kelishilgan o'yinlarda ishtirok qilgan klublarni jazolamagan O'FAga oxirgi savol: shumi adolat?

Yuqorida aytdik, o'zbek futbolida kelishilgan o'yinlar har doim bo'lgan. Eng qizig'i, futbol atrofidagi kishilarning bundan har doim xabari bo'lgan. Islombek Ismoilov haq. Kimdir jurat topib, oxirigacha bormas ekan, farzandlarimiz ham shu muammo bilan kurashib yashaydi. SHu o'rinda yana bir bor O'FAga yuzlanamiz: janoblar, hammasi sizning qo'lingizda. Jurat toping, jazolang. Xalq o'z "qahramon"larini bilsin! 

Bu gapni nega aytyapmiz? Bizdagi malumotlarga ko'ra, kelishilgan o'yinlar allaqachon aniqlab bo'lingan, ishtirokchilar ro'yxati aniq. Hatto ularda ishlagan hakamlar ham jazolandi. Lekin, o'sha hakamlarni yollagan klublar hamon jazolanmayapti. Sababi esa faqatgina O'zbekiston futbol associaciyasining mutasaddilarigagina ayon...

Muqaddam Italiyada va Turkiyada shu kabi holatlar yuzaga kelganida masul federaciyalar qanaqa yo'l tutganini bilasiz. O'zbek futbolining bugungi ahvolini tasavvur qilishingiz uchun aytaman, kelishilgan o'yinlarda qatnashgan bir nechta jamoalar O'zbekiston Superligasida ishtirokini hamon davom ettirmoqda. Futbolni tozalashni maqsad qilgan O'FA ularni nega jazolamayapti? Ochig'i, bizga ham qiziq. Kutamiz. Balki, qandaydir sado chiqib qolar...

P.s.: Yuqoridagi fikrlarning barchasi shaxsiy. Siz ham o'z poziciyangizni bildiring.

Faxriddin Ro'ziev

Muallif :
Reyting: +160   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика