Boshlandi. "Nyukasl" "Barselona" yulduzlarini xarid qiladi
22 apr 2020 22:28
Yangiliklar
Boshlandi. "Nyukasl" "Barselona" yulduzlarini xarid qiladi
Bu haqida "The Daily Mirror" nashri xabar qildi.
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad Bin Salmon boshchiligidagi "Nyukasl"ning bo'lajak xo'jayinlari klubni yulduz futbolchilar bilan kuchaytirish borasida qaror qabul qilgan. Xususan, francuz forvardi Antuan Grizmann va braziliyalik vinger Filippe Koutinoni xarid qilish rejalashtirilyapti. Saudiyaliklarning fikricha, moliyaviy inqiroz yoki katalonlarda Neymar va Lautaro Martinesni sotib olish xohishi bo'lgan bir paytda jamoada o'zini ko'rsatolmagan yulduzlardan (Grizmann va Koutino) osonlikcha voz kechiladi.

Avvalroq "Barsa" ijara asosida "Bavariya"da o'ynayotgan Koutinoni "CHelsi"ga taklif qilgani haqida xabar qilgandik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar