Bosh orzusiga erishmagan Raul
02 avg 2016 07:53
Yangiliklar
Bosh orzusiga erishmagan Raul
U AS nashriga bergan keng intervyusida Amerika futboli taraqqiyoti xususida to'xtalish barobarida Realdagi o'z o'tmishini xotirladi va Qirollik klubining ayni holati bo'yicha ham firk yuritdi. Raul shuningdek, imkoniyatdan foydalanib, bir gapni yana bir marta alohida takidladi: Aslida faoliyatimni Realda tugatish men uchun azaliy orzu edi....
- Raul, yangicha hayot tarziga ko'nikib ketdingmi?
- Hozirgi hayotim avvalgisidan mutlaqo farqlanadi. Endilikda futbol maydonidagi musobaqalar yo'q, biroq Nyu-Yorkda La-liga ofisini ochishga bog'liq yangi chorlov ham ancha qiziqarli. Bu erda strategik reja asosida ish olib boryapmiz. Zero, SHimoliy Amerika - juda muhim bozor. Axir AQSH katta imkoniyatlar manbai sanaladi.
- Ehtimol, futbol bu erda nihoyat, amerikacha futbol, beysbol va basketbolga chinakam raqobat taqdim etar...
- Hudud futboli ayni payt shu yo'lda. Misol uchun, o'tgan mavsum MLS o'yinlariga muxlislarning o'rtacha tashrifi 21000ga etdi. Umuman, bu erda uy uchrashuvlarini 45 ming muxlis guvohligida o'tkazuvchi jamoalar ham bor.
- Demak, bora-bora stadionlar muxlislar bilan to'lishi mumkin.
- Masalaning ijobiy tomoni shuki, endilikda AQSHda faqat futbolga mo'ljallangan arenalar ham qurilmoqda. Oldin bunday emasdi. Albatta, ayni hozirgi holatda beysbol yoki amerikacha futbol bilan raqobatlashish ancha qiyin, lekin basketbol va xokkey darajasiga etish mumkin, deb o'ylayman.
- SHaxsiy fikringcha, AQSHda 2ta futbol ligasi - MLS va NASL mavjudligi muammomi yoki...?
- Ha, bu ko'p. Biroq Amerika madaniyatini ham unutmaslik kerak. Bu erda ligalar bo'yicha pastga tushish yoki yuqorilash tushunchasi yo'q, chunonchi, jamoa shakllantirish ancha qimmatga tushadi. Yani bu ish katta sarmoya talab etadi.
- Qiziq, La-liga AQSHda qanday strategiyani olg'a surmoqda?
- Bu erda Real va Barsa barchaga tanish. Qolaversa, Atletikoni ham taniy boshlashdi, Sevilyaning ketma-ket 3 marta EL g'olibi bo'lgani samarasi ko'rinyapti. Vilyarreal esa turnir yarim finaliga chiqib, oz-moz mashhurlikka erishdi. Qisqasi, Ispaniyada ajoyib jamoalar ko'p va endi La-liganing AQSHda keng etibor topishi ustida ish olib borish kerak.
- Bu borada qaysi ligalar bilan raqobatlashishga to'g'ri keladi?
- Raqobat juda yuqori. Deylik, Angliya premer-ligasi o'yinlari NBC, Univision, ESPN va boshqa kanallarda ko'rsatilmoqda.
- Xo'sh, translyaciyalar ko'lami bo'yicha APLni quvib etish imkoniyati bormi?
- Brendni qanday sotishni tushunish uchun uzoq vaqt izchil ishlash kerak. Biz yo'lning boshida turibmiz va hozirda asosiysi - targ'ibot. Yani Ispaniyada jahondagi eng yaxshi chempionat borligini, hech qaerda bizchalik futbol o'ynamasliklarini, o'ziga xos uslubga tayanishimizni, saviyali murabbiylar va sport direktorlariga egaligimizni anglatishimiz zarur.
- Rayo Valekanoning AQSHdan klub sotib olgani ijobiy holatmi?
- Baho berishdan oldin loyiha maqsadi bilan tanishish kerak.
- Real ham shu yo'ldan borsa, nima bo'larkin?
- Bu g'oya chakki emas. Ammo avvalo, barchasini aniq-tiniq o'rganib chiqish zarur. Axir klub sotib olish katta sarmoya talab etadi. Manchester Sitining shunga jazm etganiga kelsak, uning taraqqiyot strategiyasi chindan ham, keng qamrovli. Deylik, shayxlar BAA, Avstraliya va Yaponiyada ham shaxsiy jamoaga egalar.
- Endi Real haqida gaplashsak: jamoada 13 yil davomida 11 nafar murabbiy ishladi. Bu ko'p emasmi?
- Ko'p. Deylik, mening klubdagi faoliyatim davomida murabbiylar almashinuvi mavsumlar sonidan ham ko'proq kuzatilgan bo'lsa kerak. Xususan, Realdagi ilk 6 yilda del Boske kelguniga qadar Valdano, Arsenio, Kapello, Xaynkes, Kamacho va Xiddink qo'l ostida o'ynaganmiz.
- Seningcha, del Boskening ketishi Real uchun yo'qotish bo'ldimi?
- U klubda hukm surgan 4-5 yillik barqarorsizlikka chek qo'ygandi. Biroq rahbariyat shunday murabbiyga javob berishni lozim topdi va endi ortga nazar solib, aytish mumkinki, o'sha qaror eng to'g'risi bo'lgan emas.
- Realga sport direktori kerakmi?
- Bu savol jamoa prezidentiga.
- Biroq bu sen uchun ideal rol bo'lishi mumkin.
- Tushunarliki, sport direktori muhim shaxs sanaladi. Axir u rahbariyat va futbolchilarni o'zaro bog'lab turadi. Demak, nafaqat Real, balki har qanday klub shunday masulga ehtiyoj sezadi. Ha, hozir Madridda bunday lavozim yo'q. Lekin klub garchi oxirgi 3 yilda 2 marta CHL g'olibiga aylangan bo'lsada, unga sport direktori zarur, deb o'ylayman.
- Jamoa qaysi poziciyalarni kuchaytirishi lozim?
- Tarkib hozirning o'zida kuchli ko'rinmoqda. SHunday ekan, kimnidir xarid qilishda barchasini aniq-tiniq hisobga olish talab qilinadi.
- Nima, Madridning yangi Makelelega ehtiyoji yo'qmi?
- Har qanday jamoa gohida maydonda yakka o'zi harakatlar balansini taminlaydigan futbolchi xizmatiga muhtoj bo'ladi. Lissabonda o'tgan va Real g'alabasi bilan tugagan CHL finalini olaylik - di Mariya shunday balansni taminlagandi.
- Qachondir Real prezidenti sifatida namoyon bo'lishni o'ylaganmisan?
- Ayni payt kun tartibida bunday masalaga o'rin yo'q. Zero, avvalo, yangi lavozimni to'liq o'zlashtirish va sohaning ham sport, ham moliyaviy tomonlariga yaqinlashishni maqsad qilganman. Buning uchun kamida bir yil kerak.
- Peres Real prezidenti lavozimiga nomzodlar uchun bazi cheklovlarni joriy etdi. Bu borada nima deya olasan?
- Hozircha cheklovlarni obdon o'rganib chiqqanim yo'q. Biroq ko'rinib turibdi, klubda muayyan parokandalik bor. Harqalay, chetdan qaraganda, shunday tuyulyapti.
- Hozirgi vaziyatda Santyago Bernabeuga o'xshash biror kimsa klub prezidenti bo'lolmaydi. Peres Realni faqat elit guruh vakillari klubiga aylantirmadimi?
- SHuning uchun ham sososlar (klub azolari) bor va ular o'z nuqtai nazarlarini bayon etishlari mumkin. Kelasi yili prezidentlik saylovlari bo'ladi va nomzodlarda turli masalalarni o'rtaga olib chiqish imkoni bor.
- Florentino Peres seni klubga qaytarishga urinmadimi?
- U shunchaki, xohlagan vaqtda qaytishim mumkinligini bildirdi.
- Umuman, Peres seni oxirgi marta qachon chorladi?
- So'nggi o'zaro uchrashuvimizda shunday dedi: Bernabeu - sening uying.
- Xo'sh, bu so'zlari isboti o'laroq, qaysidir lavozimga rasman taklif etdimi?
- Bu borada muayyan so'z ochildi. Barchasi o'zimga bog'liq. Ammo yakuniy qarorimni klub o'z taklifini ommaga rasman elon qilganidan keyingina bildirishim mumkin.
- Qiziq, Madridga qaytishing uchun klub qaysi shartlarni bajarishi lozim?
- Jamoa eshiklari men uchun doimo ochiq ekanligidan xursandman. Lekin to'g'risi, yaqin 2 yil ichida qaytmasam kerak.
- Real fanatlari hamon bitta holatdan xafalar. Ularning aytishlaricha, jamoa sen bilan munosib xayrlashmagan. O'zing bu borada nima deysan?
- Faqat, shuni aytishim mumkinki, menda Realdagi davrimdan eng ijobiy taassurotlar qolgan. Ehtimol, o'shanda xayrlashuv tadbiri uchun maqul vaqt topolmagandirlar.
- Qo'ysangchi, klub tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri va sardori uchun vaqt topolmaslik...
- Menda keyinchalik Bernabeuda Real libosini yana kiyish imkoniyati tug'ildi va fanatlarning chinakam mehrlarini qayta his qildim.
- Nima bo'lganda ham, Realning sen bilan engilgina xayrlashgani ayni haqiqat...
- Ketishni o'zim va oilam uchun to'g'ri qaror, deb hisoblaganman. CHunonchi, o'sha payt jamoada biroz sig'dirmaslik kayfiyatini sezgandim.
- Ko'rinishidan, Ispaniyada afsonalarni deylik, Italiyadagidek qadrlamaydilar...
- Ha, bir qarashda shunday. Misol uchun, Italiyada Buffon, Totti, del Pero, Maldini va Pirlo kabi futbolchilar bilan chinakamiga faxrlanadilar.
- O'zi faoliyatingni Realda tugatishni xohlaganmiding?
- Bu mening asosiy orzum edi, ammo ayni payt hech narsadan afsuslanmayman. Axir Madriddan ketib ham, ajoyib sarguzashtlarni boshdan o'tkazdimki, ularni nima bilandir almashmayman. Ha, Realni tark etish og'ir bo'lgandi, biroq keyingi taqdirim ham shunchaki, ajoyib kechgani rost.
- Yuqorida parokandalik haqida gapirding. Mourinoning Realdagi ishini qanday baholaysan?
- U 2 yil davomida katta ko'lamda ish bajardi - chinakam kuchli va raqobatbardosh jamoa shakllantirdi. Deylik, jamoa Mou boshqaruvida Barsaning tarixdagi eng kuchli tarkibidan ustun keldi. Biroq uchinchi mavsumda bosim va parokandalik tufayli ishlar orqaga keta boshladi. Umuman, barchasini obektiv tahlil qilish uchun muammolar ildizini aniqlash kerak.
- Aytchi, Mourino amal qiluvchi Biz butun dunyoga qarshi yondashuvi o'rinlimi?
- Jamoani jipslashtirishning turli usullari bor. Xususan, Mourinoning Madridda sport nuqtai nazaridan Barselonaga qarshilik ko'rsata oladigan jamoa tuzgani muhimroq.
- Endi ochiqroq gapiraylik: de Xea transferiga bog'liq behuda harakatlar Real imidjiga putur etkazmadimi?
- Aslida bunday yoqimsiz holatlar juda ko'payib ketdi. Misol uchun, Ispaniya kubogida Denis CHerishev bilan yuz bergan tushunmovchilikni olaylik - qanaqasiga shunday bo'lishi mumkin? Tabiiyki, bu kabi voqealar klub obro'siga xizmat qilmaydi.
- Real uchun Krishtianu Ronaldudan keyin ham shunday hayot bormi?
... Intervyuning to'liq qismini "Interfutbol" gazetasi saytida o'qish mumkin.
Fikrlar