

"Marca" nashrining xabar berishicha, klub rahbariyati va murabbiylar shtabida bu borada aniq poziciya mavjud.
Transferlar amalga oshirilmaganiga sabab nima?
"Qaymoqranglilar" hozirgi tarkib La Liga va Chempionlar ligasida g'olib chiqish uchun etarlicha kuchli va "zaxira o'rindig'i" chuqur deb hisoblashadi.
Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"dan uchralgan mag'lubiyat hamda Ispaniya Kubogida "Albasete"dan uchrab, musobaqani tark etgani ham klubning rejalarini o'zgartira olmadi.
Ayni damda Madrid klubi La Liga turnir jadvalida 22 turdan so'ng 54 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda va peshqadam "Barselona"dan atigi 1 ochkoga ortda qolmoqda. YCHL 1/8 finalida esa Arbeloa shogirdlarini Portugaliyaning "Benfika" klubiga qarshi bahslar kutib turibdi.



