So’nggi yangiliklar

11:50Расман: Муҳаммад Қудус – "Тоттенхэм" футболчиси  0 11:30"Қўқон-1912"нинг икки футболчиси жамоадан кетди  5 11:02Адвокат Кюрасао терма жамоасини камида 2025 йил охиригача бошқаришда давом этади  4 10:30Марк Андре тер-Штеген келажаги борасида бир қарорга келди  11 09:52“Арсенал“ “Челси“ футболчисини 60 миллион еврога сотиб олади (Романо)  4 09:23Россиялик ҳужумчи иккинчи даврани Ўзбекистонда ўтказиши мумкин  10 08:55Here we go! “Реал“ яна бир футболчи билан келишувга эришди  29 08:26“Насаф“нинг яна бир етакчиси легионерга айланиши мумкин  6 07:57“Пахтакор“ ҳужумчиси иккинчи даврани “Динамо“да ўтказади  2 07:34Элдор Шомуродов хайрлашув хатини ёзди  13 01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  17 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  5 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3

Bosh murabbiy masalasi echildi, terma jamoalar bo'limini kim qo'lga oladi va qachon? Yangiliklar

Bosh murabbiy masalasi echildi, terma jamoalar bo'limini kim qo'lga oladi va qachon?

Teglar :  Aziz HaydarovO'FA
Xabaringiz bor, Aziz Haydarov o'z qarori bilan O'FAdagi faoliyatini to'xtatishga qaror qildi.

Yaqinda O'zbekistonga Srechko Katanec uchib keldi. Ammo bizda hamon terma jamoalar bo'limi boshlig'i lavozimi ochiq turibdi. Eng qizig'i, evropalik mutaxassis juda ko'p ishlar haqida topshiriqlar berayotganligi haqida eshityapmiz. Keliboq ishga kirishib ketgan Katanec Superliganing o'yinlarini tinmay kuzatyapti. Tabiiyki, unda mahalliy futbol va struktura, yillar davomida qilingan ishlar haqida savollar bo'ladi. Ammo u bilan bugun birga bo'lishi kerak lavozim egasi bizda mavjud emas.

30 yildan beri O'FAda texnik direktor masalasi ham ochiq turibdi. Go'yoki bu lavozimda doim kimdir o'tirgan, ammo 30 yillik natijaga nazar tashlasak, katta miqyosda hech nimaga erishmaganimizni ko'ramiz va bunga asosiy aybdor aynan shu bo'limga O'FAning befarq munosabatda bo'lganligi. Demak, o'zimizda yo'qmi, texnik direktor lavozimiga ham chetdan mutaxassis albatta kerak. Futbol pul tejaydigan sport turi emas. Agar pul tejamoqchi bo'lsak, unda hech bir mutaxassisdan JCHni talab qilmaylik. 

Ammo O'FA hozircha yuqoridagi eng kerakli ikkita bo'g'in bo'yicha juda sust harakat qilayotganligini ko'rayapmiz. JCH-2026 saralash o'yinlariga 2 yil vaqt bo'lsada, 2022 yil uchun puxta reja tuzish haqida bugundan harakatga tushishimiz kerakligini barcha yaxshi tushunib turgan bo'lsa kerak.

O'FA terma jamoalar bo'limiga kimni tavsiya qilish mumkin, O'FAning o'zida bunday mutaxassis bormi? Mana shu eng og'riqli savol aslida.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика