Aziz Haydarov "Rostov"ga o'tmaganligi haqida gapirdi

Alisher
23 apr 2020
O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq futbolchisi Aziz Haydarov "Bunyodkor"da o'ynab turgan paytlarda "Rostov"ga o'tmagani haqida gapirdi.

Futbolchi bu haqda saytimiz tomonidan tashkil etilgan "Tezkor studiya"ning onlayn videokonferenciyasida ma'lum qildi.

"Men Osiyo Kubogi-2011dan so'ng "Bunyodkor"da yarim mavsum o'ynadim va "Al Shabab"ga yo'l oldim. Unga qadar mavsum oldidan Anzur Ismoilov Xitoyga ketgandi. Avstriyadagi yig'in paytida "Al Shabab"ga ketmoqchi bo'lib yurgan paytim, Vadim Abramov menga "Rostov"ga o'tishim kerakligini aytdi. Mashg'ulot o'tkazayotgan paytim Karlenovich maydon markazidan darvoza to'sini yoki ustunini nishonga ola bilsam, "Al Shabab"ga yo'l olishimni, aks holda "Rostov"ga kyetishim kerakligi borasida shart qo'ydi. Men tepgan to'p esa darvoza to'siniga tegdi va BAA jamoasiga yo'l oldim", - deydi Haydarov.

Eslatib o'tamiz, Aziz Haydarov ayni damda O'FA terma jamoalar boshlig'i lavozimida ishlamoqda.


To'liq videoni ko'rish


AlisherMuallif
Manba: championat.asia