So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Bosh maqsad – Superligaga qaytish. Dinamo bosh direktorining fikri bo'yicha klub bayonoti Yangiliklar

Bosh maqsad – Superligaga qaytish. Dinamo bosh direktorining fikri bo'yicha klub bayonoti

Pro-liga 1-turi doirasidagi Neftchi - Dinamo (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Dinamo klubi bosh direktori Uchqun Qobilov tomonidan bildirilgan fikrlar noto'g'ri talqin qilinganligi sababli jamoa rahbarining fikri borasida klub tushuntirish berishni lozim topdi.

Xususan, 3 iyul kungi Farg'onadagi o'yindan keyingi matbuot anjumani championat.asia saytida yoritilar ekan, «Uchqun Qobilov: “Dinamo” kuchli to'rtlikka kirishga harakat qilishi kerak» sarlavhasi ostida klub direktorining fikrlari bayon qilingan. Jumladan, o'yindan keyin Uchqun Qobilov fikridan iqtibos keltiramiz:

«Oldinda yana 13ta tur bor. Kuchli to'rtlikka kirishga harakat qilishimiz kerak. Samarqandga Superliga havosini qaytarishga harakat qilamiz», - deyilgan.

Klub direktorining «Dinamo» kuchli to'rtlikka kirishga harakat qilishi kerak», deya bildirgan fikri sayt foydalanuvchilari va ijtimoiy tarmoqlarda noto'g'ri talqin qilingan. Aslida Pro liganing yangi formati bo'yicha klub direktorining fikrlari asosli. Sababi Pro-liga yangi formatiga ko'ra, klublar Superliga yo'llanmasi uchun kurashishi uchun eng avvalo Pro liganing dastlabki bosqichida kuchli to'rtlikdan joy olishlari talab etiladi.

Zero, O'zPFL rejasiga ko'ra Pro liga klublari 2020 yilgi mavsumda 28 turdan iborat to'rt davra o'yinlarida ishtirok etishi kerak edi. Pandemiya sabab yuzaga kelgan tanaffus hamda jamoalarning moddiy holatidan kelib chiqib, musobaqa formati o'zgaradi.

Endi Pro liganing sakkkiz klubi avvaliga 14 turdan iborat uy-safar tizimida kuch sinashadi. Keyinchalik kuchli to'rtlikka kirgan o'rin egalari alohida va quyi to'rt o'rin egalari alohida yana ikki davra — jami 6 ta o'yinda ishtirok etadi. SHunda Pro liganing barcha klubi mavsum yakuniga qadar umumiy 20 ta tur uchrashuvida qatnashadi. Bunda jamoalar jamg'argan ochkolar saqlanib qoladi. Sir emaski, Pro liga g'olibi Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Liganing ikkinchi jamoasi o'tish o'yinida Superliganing 13-klubini o'z uyida qabul qiladi.

SHunday ekan, «Dinamo» jamoasi eng avvalo Pro liga dastlabki bosqichda kuchli to'rt jamoa orasidan joy olib, hal qiluvchi bosqichda o'z oldiga qo'yilgan bosh maqsad - Superliga yo'llanmasi uchun kurashishda davom etadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика