So’nggi yangiliklar

15:41"Интер" Онанани ортга қайтармоқчи  0 15:12Рэшфорд: "Барселона" ушбу мавсум треблни расмийлаштириши мумкин"  2 14:43"Челси" ҳужумчиси фаолиятини "Астон Вилла"да давом эттириши мумкин  0 14:14"Ливерпуль" ҳимоячиси жамоани тарк этиши мумкин  2 13:42"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 13:13Натижа ортидаги оғриқлар. ЎФА 2009 йиллар борасида қарор қабул қиладиган вақт келмадими?  7 12:57"Интер" ўз футболчисини "Челси"га қўйиб юбормади  0 12:25Рабьо ва Роу кийиниш хонасидаги жанжал туфайли "Марсель" машғулотларидан четлаштирилди  1 11:56Варди рафиқаси орзу қилган трансферни амалга ошириши мумкин  1 11:27Эдерсоннинг "Галатасарой"га трансфери: "Манчестер Сити"нинг янги талаблари маълум  0 10:50"Наполи" Лукакунинг жароҳати сабабли АПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  1 10:21Скалони сентябрдаги ўйинлар учун кимларни терма жамоага чақирди  0 09:44"Наполи" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  0 08:42"Барселона" жиддий қизиққан яна бир футболчи амалдаги жамоаси билан янги шартнома имзолади  1 08:11"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  2

Bosh hakamning qo'pol xatosi yoxud “Qizilqum”ning navbatdagi mag'lubiyati Yangiliklar

Bosh hakamning qo'pol xatosi yoxud “Qizilqum”ning navbatdagi mag'lubiyati

Aslida bu haqda avvalroq yozsak ham bo'lardi. Ammo oliy liga jamoalari o'n oltinchi tur uchrashuvlarini yakunlagach, O'zbekiston professional futbol ligasi “So'g'diyona” - “Qizilqum” uchrashuvi xususida birorta qarorni rasman elon qilarmikin, degan niyatda edik.
Afsuski, hozircha jimjitlik va sukunat...

Bu yilgi mavsumni beqaror o'yinlar bilan boshlagan “Qizilqum” jamoasi hamon chempionat jadvalida so'nggi pog'onani band etib turibdi. Klub rahbariyati bunga befarq qarab turishgani yo'q, albatta. Avvaliga mavsumni omadsiz boshlagan jamoada bosh murabbiy Ravshan Haydarov istefoga chiqarilgan  bo'lsa, uning o'rnida ish boshlagan Rustam Zabirov qo'l ostida ham zarafshonliklar deyarli ijobiy natijani qo'lga kirita olmadilar. Natijada birinchi davradan so'ng, klub rahbariyati va murabbiylar shtabida o'zgarishlar amalga oshirildi. Tarkib ham mos ravishda ikkinchi davrani deyarli to'liq o'zgargan holda boshladi.

To'g'ri, jamoa azolari tanaffusdan so'ng o'tgan uch uchrashuvning barchasida mag'lubiyatga uchradi. Avvaliga Samarqandda “Dinamo”, Navoiyda “Nasaf”ga bir xil - 0:1  hisobida imkoniyat berildi. Lekin bu “Qizilqum” o'ta kuchsizligini anglatmaydi. Konchilar uy uchrashuvlarini viloyat markazida o'tkaza boshlagach, Navoiydagi “So'g'diyona” stadioniga muxlislar tashrifi sezilarli darajada ortdi. Jamoa azolarining o'yinga bo'lgan ishtiyoqi oshdi, g'alabaga chanqoqlik va intilish ruhi paydo bo'ldi. Faqat jamoaning qisqa fursat ichida shakllantirilganligi, o'yinchilarda jamoaviy xatti-harakatlarning hali to'la shakllanib ulgurmaganligi aksariyat vaziyatlarda ularni omadsizlik ko'chasiga olib kirmoqda, xolos.

Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasiga qarshi kechgan oxirgi o'yinga ham Yuriy Lukin shogirdlari ko'tarinki kayfiyatda yo'l olishdi. Jamoa azolarini qo'llab-quvvatlash uchun Navoiydan yuzga yaqin ishqiboz Zominga tashrif buyurganligi ham muxlislarda “Qizilqum”ning ertangi kuniga katta ishonch borligiga ishoradir.
“So'g'diyona” bilan kechgan uchrashuvni zarafshonliklar hujumkor va uyushqoqlik bilan boshladilar. Faqat o'yinni boshqarib borgan hakam Murod Muhammedovning qo'pol xatolari yakunda yana bir bor “Qizilqum” jamoasi azolarini maydonni bosh egik holda tark etishlariga sababchi bo'lganligi achinarlidir. Uchrashuv debyutidayoq ayrim mutaxassislar tomonidan kelajagiga katta ishonch bildirilayotgan M.Muhammedov mehmonlarni o'z jarima maydonchalarida o'yin qoidasini buzgan deb topdi va ularni penalti bilan jazolashga qaror qildi. Imkoniyatdan mezbonlar vakili samarali foydalandi va uchrashuvda hisob ochildi. Hakamning bu qarori zarafshonliklar kayfiyati va ruhiyatiga salbiy tasir qildi. O'yinning qolgan daqiqalarida ham aksariyat ayrim vaziyatlarda Muhammedovning mezbonlar foydasiga qarorlar qabul qilganligini takidlab o'tish lozim. Malumotlarga qaraganda, uchrashuv bosh hakami poytaxt viloyati vakili Murod Muhammedov (ikki yildirki, PFL tomonidan hakamlarga qo'yilayotgan baholar ommaga oshkor etilmayapti - muallifdan)ga o'yindan so'ng, nazoratchi Igor Nexochin tomonidan “qoniqarsiz” baho qo'yilgan.

Bu baho mutaxassisning munosib etirofi bo'lgan bo'lsa-da, endi o'yin natijasini o'zgartirib bo'lmasligi oydek ravshan. SHundoq ham kuchlilar qatorida o'z mavqeini saqlab qolish uchun kurash olib borayotgan “Qizilqum” jamoasi uchun bosh hakamning qarori qanchalik adolatsizlik bo'lganligini faqatgina jamoa azolari va muxlislarigina his qilishi shubhasiz. CHunki, turdan turga kuchayib, o'z o'yinini topib borayotgan zarafshonliklar uchun har bir ochko suv hamda havodek zarur. Ayniqsa, ikkinchi davradagi ilk ochko va g'alabaning ahamiyati beqiyosdir.
Xo'sh, PFL  “istiqboli porloq hakam”lardan biri bo'lishi kutilayotgan Murod Muhammedovga nisbatan qanday chora ko'rarkin?! Baholar elon qilinmagan taqdirda ham hech bo'lmasa, PFLning bu haqda qarori elon qilinishidan “Qizilqum” jamoasi azolari va ko'psonli muxlislari baribir umidvor bo'lishga haqlilar, albatta.

Oldinda esa “Qizilqum”ni yanada muhim va jiddiy uchrashuvlar kutmoqda. Yana bir necha kundan so'ng, aniqrog'i, 26 avgust kuni navbatdagi turda chempionat karvonboshisi - poytaxt temiryo'lchilari Navoiyda mehmon bo'lishadi. So'ngra o'n sakkizinchi turda “Qizilqum” Toshkentga safar qiladi va “Paxtakor”ga qarshi maydonga tushadi.

Biz esa umid qilishga odatlanganmiz. Raqib kim bo'lishidan qatiy nazar, “Qizilqum” futbolchilarining g'alabasiga ishonamiz. CHunki zarafshonliklarning boshqa yo'li ham, choralari ham yo'q. Faqat Murod Muhamedovga o'xshagan hakamlar qolgan o'yinlarda maydonda borliklarini atrofdagilarga sezdirib qo'yishmasa bo'lgani. Axir mohir va professional hakamlar butun uchrashuv davomida o'zlarining bor-yo'qliklarini hech kimga sezdirmasliklarini namoyon etishga odatlanishgan...

Muxlislar “Qizilqum” futbolchilarga ishonishadi. Umid qilamizki, ular hali albatta o'z so'zlarini aytishadi...

HAKAMLAR HUJJATIDAN KO'CHIRMA:
Oliy liga, 16-tur uchrashuvi
17 avgust, shanba
So'g'diyona (Jizzax) – Qizilqum (Zarafshon) – 2:1. 2341 tomoshabin
Hakamlar
: M. Muhammedov (Toshkent viloyati), X. SHodmonov (Buxoro), A. Capenko (Toshkent viloyati), SH. Ro'ziqulov (Qarshi)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
So'g'diyona: 1.Aleksandr Melenchuk, 2.Javodullo Ibrohimov (41.Ayubxon No'monov, 76), 5.Ilyos Qurbonov (7.Rasul Hayitov, 89), 6.Murod Toshmatov, 10.Zafar Narziqulov, 14.Renat Bayramov, 18.Suhrob Berdiev, 19.Siroj Hamroev, 22. Orif Mamajonov, 23. Bobir Qosimov (42.Maruf Murodov, 41), 24.Elyor Oripov.
Zaxiradagilar: 16.SHirinboy Abdullaev, 4. Asiljon Begimqulov, 17. Sanjar Rashidov, 21. Akmal Abdurahmonov.
Qizilqum: 1. Erkin Jabborov, 14. Fayzullo Qambarov, 23. Sarvar Xolmatov, 43. Akmal Xoliqov, 48. SHerzod Fayzullaev (57. Isroil Ergashev, 74), 50. Eldor Boymatov, 53. Xurshid Yuldoshev (44. Alisher Xoliqov, 46), 54. Asqar Muhitdinov, 58. Akmal Rustamov, 90. Zafar To'raev (51. Bobur Iskandarov, 59), 11. Navro'z Alimov
Zaxiradagilar: 55. Artyom Makosin, 6. Farrux Haydarov, 47. Jamshid SHohnazarov, 87. Ruslan Sanaev.
Gollar: R. Bayramov (8, penalti), M. Toshmatov (62), - E. Oripov (30, avtogol).
Ogohlantirishlar: S. Hamroev (85) – A. Muhitdinov (7), F. Qambarov (63), S. Xolmatov (72), B. Iskandarov (79).
Eng yaxshi o'yinchilar: M. Toshmatov - N. Alimov.

“QIZILQUM” FK Matbuot xizmati
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика