"Borussiya" "Zalcburg" hujumchisi Adeyemi bilan besh yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi
12 fev 2022 13:53
Yangiliklar
"Borussiya" "Zalcburg" hujumchisi Adeyemi bilan besh yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi
Dortmundning "Borussiya" jamoasi "Zalcburg" hujumchisi Karim Adeyemi bilan besh yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, barcha narsa bo'yicha hali kelishuvga erishilmadi, ammo nemis klubi 19 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolash ustida ishlamoqda.
Forvardning "Zalcburg" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Adeyemi 2021/22 yilgi mavsum barcha musobaqalarda Avstriya jamoasi safida 29ta o'yinda maydonga tushib, 18ta gol urishga erishdi.
Fikrlar