"Borussiya" yozgi transfer oynasida Sanchoni sotishga tayyor
20 fev 2021 18:20
Yangiliklar


"Borussiya" yozgi transfer oynasida Sanchoni sotishga tayyor
"Borussiya" (Dortmund) klubining kelasi transferlar oynasi uchun rejalari malum bo'ldi.
Jamoani yozda katta ehtimol bilan yarim himoyachi Jeydon Sancho tark etadi. Nemis klubi rahbarlari vingerning sotuvidan 100 million evro ishlab olishmoqchi.
Oldinroq 20 yoshli angliyalik futbolchining xizmatlariga "Manchester Yunayted" klubi qiziqish bildirayotgani aytilgan edi.
Jeydon dortmundliklar safida 2017 yildan beri o'ynaydi. Uning "arilar" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Sancho joriy mavsum Germaniya chempionati doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 7ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar