"Borussiya" Xolandning tovon pulini oshirishni rejalashtirmoqda
19 avg 2021 14:23
Yangiliklar


"Borussiya" Xolandning tovon pulini oshirishni rejalashtirmoqda
Dortmundning "Borussiya" klubi kelasi yozda hujumchi Erling Xolandning tovon pulini oshirmoqchi.
Klub joriy transfer oynasida o'yinchini sotmaydi, jamoani shundoq ham Jeydon Sancho tark etdi.
21 yoshli o'yinchining tovon puli borasidagi band 2022 yilning yozida faollashadi. O'yinchining narxi 75dan 90 million evroga qadar o'sishi mumkin.
Xoland o'tgan mavsum jamoa tarkibida 41ta o'yinda maydonga tushib, 41ta gol va 12ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar