"Borussiya" Xolandni 2022 yilning yozida yo'qotmoqchi emas
19 dek 2021 18:51
Yangiliklar
"Borussiya" Xolandni 2022 yilning yozida yo'qotmoqchi emas
Dortmundning "Borussiya" klubi sport direktori Mixael Cork klub hujumchi Erling Xolandni yo'qotishni xohlamasligini aytdi.
"Biz Xolandning klubda qolishini xohlaymiz. Biz undan hatto moliyaviy sabablar tufayli ham voz kechishimiz kerakmas.
Unda malum shartlar evaziga ketish imkoniyati borligini bilamiz, ammo keyingi bir necha haftalarda u bilan gaplashmoqchimiz", - deydi Cork.
21 yoshli futbolchi joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 11ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 4ta assist qayd etdi.
Fikrlar