“Borussiya D” sport direktori Xolandning kelajagi haqida: “Endi bu biz uchun kutilmagan holat bo'lmaydi”

Eldor Akmurzayev
24 apr 2022, 09:15
“Borussiya D” sport direktori Mixael Cork hujumchi Erling Xolandning APLga yo'l olish ehtimoliga munosabat bildirdi.

Avvalroq, “Manchester Siti” norvegiyalikning transfer bo'yicha kelishuvga erishgani aytilgandi.

“Endi bu biz uchun kutilmagan holat bo'lmaydi…”, deya aytgan Cork Xoland haqida.

Ma'lumot o'rnida, 21 yoshli hujumchining klub bilan amaldagi kelishuvi 2024 yil yozigacha mo'ljallangan. U joriy mavsum jamoa libosida 27 bahsda qatnashib, 25+8 natijaga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano