Cork: "27-marta qaytaraman, MYU uchun eshigimiz yopiq"

Mirjalol Normatov
4 okt 2020, 14:57
Dortmundning "Borussiya"si sport direktori Mixael Cork yarim himoyachi Jeydon Sanchoning "Manchester Yunayted"ga o'tishi borasidagi savolga javob berishni istamadi.

"27 marta qaytaraman, MYU uchun eshik yopiq", - dedi jahl otiga mingan Cork "Sky Sports" nashriga.

Ushbu mavsumda Sancho dortmundliklar tarkibida 3 o'yinda 1 gol va 2 assist qayd etdi. "Transfermarkt" portali uning narxini 117 mln evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports