"Borussiya" vingeriga uch klub davogarlik qilmoqda
19 iyu 2021 15:27
Yangiliklar
"Borussiya" vingeriga uch klub davogarlik qilmoqda
Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi vingeri Markus Tyuramga "Napoli", "Roma" va "Tottenxem" jamoalari qiziqish bildirmoqda.
Nemis klubi futbolchining sotuvidan kamida 25 million evro ishlab olmoqchi.
Italiya klublari francuzning vakillari bilan aloqaga ham chiqishdi. Ammo, futbolchining narxi ular uchun hozirgi sharoitda yuqorilik qiladi.
23 yoshli vinger o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 40ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 12ta assist qayd etdi.
Fikrlar