"Borussiya" Gyundog'anga ultimatum qo'ydi va shartnomani uzaytirishni talab qilmoqda

Aslanov Jasurbek
6 yanv 2015, 12:11
Dortmundning "Borussiya" klubi rahbariyati va murabbiylar shtabi yarim himoyachi Ilkay Gyundog'anga ultimatum qo'ydi.
Xabarlarga ko'ra, Germaniya terma jamoasi futbolchisidan shartnomani uzaytirish talab qilinmoqda. Futbolchining klub bilan amaldagi kelishuvi 2016 yilning yozigacha belgilangan. Dortmundliklar Robert Levandovski hikoyasi qaytarilishini xohlashmayapti. Shu sababli agar Gyundog'an shartnomasini uzaytirmasa, rahbariyat uni transferga qo'yadi.
Eslatib o'tamiz, Robert Levandovski "Bavariya"ga erkin agent sifatida o'tgan.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com