"Borussiya D" oxirgi 3 yilda o'yinchilar sotuvidan qancha pul ishlaganini bilasizmi?
02 jan 2019 20:19
Yangiliklar
"Borussiya D" oxirgi 3 yilda o'yinchilar sotuvidan qancha pul ishlaganini bilasizmi?
Bugun Londonning "CHelsi" klubi "Borussiya" (Dordmund)ning hujumkor yarim himoyachisi Kristian Pulishichni 64 mln evroga sotib olgani elon qilindi.
Amerikalik futbolchi mavsum so'nggiga qadar ijara asosida Dordmundda qoladi.
SHu o'rinda dordmundliklarning oxirgi 3 mavsumda futbolchilar sotuvidan qancha pul ishlab olishganini keltirib o'tamiz.
2016/17 yilgi mavsumda:
Genrix Mxitaryan, Mats Xummels, Ilkay Gyundogan, Yakub Blashikovski - 111 mln evro.
2017/18 yilgi mavsumda:
Usmon Dembele, Per-Emerik Obameyang, Mattias Ginter, Emre Mor, Lars Bender, Adrian Ramos - 251 mln evro.
2018/19 yilgi mavsumda:
Sokratis Papastotopulos, Andrey Yarmolenko, Merino, Gonsalo Kastro, Kristian Pulishich - 114 mln evro.
Fikrlar