"Borussiya D" Emre Mor bilan 5 yillik shartnoma tuzdi
08 iyu 2016 13:09
Yangiliklar
"Borussiya D" Emre Mor bilan 5 yillik shartnoma tuzdi
Dortmundning "Borussiya" klubi yozgi transfer bozorida faol ishlashda davom etmoqda.
Germaniya klubi rasmiy tvitteri bergan xabarga ko'ra Emre Mor "Borussiya" bilan 5 yillik shartnoma tuzdi. 1997 yilda tug'ilgan yarim himoyachi bunga qadar Daniyaning "Norshelland" klubi sharafini himoya qilib kelayotgandi.
Takidlash lozimki, Emre Mor Turkiya terma jamoasi safida EVRO-2016da ishtirok etadi. U musobaqada ishtirok etadigan eng yosh ikkinchi (Markus Reshforddan keyingi) futbolchi hisoblanadi.
Fikrlar