So’nggi yangiliklar

07:18Ўзбекистон кубоги. Бугун гуруҳ босқичи якунланади  0 02:00АПЛ. "Манчестер Сити" "Борнмут"ни мағлубиятга учратиб, ЕЧЛ йўлланмасини деярли ҳал қилди. Ҳусанов қайдномага киритилмади  31 00:35Эмилиано Мартинес икки топ-клуб қизиқишлари доирасида  2 00:13"Атлетико" президенти 3-ўрин ҳақида: "Бу фалокат!"  11 23:45"Барселона" асосий трансфер мақсадини белгилаб олди  10 23:19Анге Постекоглу: "МЮ футболчиларининг бундай катта ўйинга қандай тайёрланишини билмаймиз"  1 22:55Родригога Англиядан харидор чиқди  2 22:31ОФК клублар рейтинги янгиланди. Ўзбекистон ўз ўрнида қолди  12 22:06"Барселона" ҳимоя етакчиларидан бири билан шартномани узайтирмоқчи  2 21:40"Милан"нинг ЕЧЛга чиқа олмагани клубга бир неча ўн миллион еврога тушади  5 21:14"Рома"ни бошқариш учун яна бир номзод пайдо бўлди  6 20:48Португалия термаси Миллатлар Лигаси ярим финали учун қайдномасини эълон қилди  6 20:24Мавсумнинг энг яхши дарвозабонлари рейтинги тузилди. АПЛ ва Лига 1 вакиллари етакчилик етакчилик қилмоқда  0 20:02Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Хоразм ФА"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, "Цементчи"га техник мағлубият ёзилди  4 19:06Лига 1 2024/25 йилги мавсуми рамзий жамоаси эълон қилинди  2

APL. "Manchester Yunayted" safarda uch ochko yo'qotdi Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" safarda uch ochko yo'qotdi

"Bornmut" - "Manchester Yunayted" o'yiniga oid voqea va tafsilotlarni ushbu sahifa orqali kuzatib boring!

AFC Bournemouth

Joshua King - 45'

Premier League . 11-tur

02/11/2019, 17:30

0
:
1
Tugadi

Manchester United

Stadion: Vitality Stadium, 10669 tomoshabin

Bosh hakam: Chris Kavanagh

45'
90'
35'  Jefferson Lerma
45'  Joshua King
45'  Adam Smith
55'  Steve Cook
62'  Ryan Fraser
86'  Harry Wilson (Lewis Cook)
90'  Callum Wilson
35'  Fred
64'  Victor Nilsson Lindeloef
67'  Ashley Young
68'  Andreas Pereira (Jesse Lingard)
80'  Daniel James (Mason Greenwood)
81'  Aaron Wan-Bissaka (Brandon Williams)

Angliya chempionati

11-tur

BORNMUT – MANCHESTER YUNAYTED 1:0 (1:0, 0:0)

2 noyabr, 17.30, «Din Kort»

Gol: King 45, — 1:0.

Bornmut – Remsdeyl, Ake, Smit, Riko, Kuk, Uilson, Billing, Lerma, Freyzer, Uilson (L.Kuk, 86), King.

Zaxira – Boruc, Francis, Mefam, Kelli, L.Kuk, Danjuma, Solanke.

Manchester Yunayted – De Xea, Van-Bissaka (Uilyams, 81), Lindelyof, Maguayr, Yang, Maktominey, Fred, Andreas (Lingard, 68), Jeyms (Grinvud, 80), Reshford, Marsyal.

Zaxira – S.Romero, Markos Roxo, Uilyams, Mata, Lingard, Garner, Grinvud.

Ogohlantirishlar: Lerma (35), Fred (35), S.Kuk (55), Freyzer (62), Lindelyof (64), Yang (66), K.Uilson (90).

UCHRASHUV YAKUNLANDI


Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

87. "Manchester Yunayted" ikkita juda xavfli vaziyat yaratdi. Mezbonlar darvozaboni ishonchli o'ynamoqda.

86. O'zgarish. Xarri Uilson o'rniga Luis Kuk tushdi.

80. O'zgarishlar. Jeyms o'rniga Grinvud, Van-Bissaka o'rniga Uilyams tushirildi. 

75. ZARBAAA! Xarri Uilsonning pastki burchakka bergan aniq zarbasini De Xea qaytarib qoldi. Ajoyib seyv bilan ispaniyalik darvozabonni tabriklaymiz!

68. O'zgarish. Perreyra o'rnini Lingard to'ldirdi. 

68. Xarri Uilsonning jarima zarbasi noaniq chiqdi. 

66. Eshli Yang sariq kartochka oldi. Xavfli standart vaziyat.

64. Lindelyof ham ogohlantirildi.

62. Freyzerga ham sariq kartochka ko'rsatildi. 

55. Stiv Kuk ogohlantirildi. Jabrdiyda Markus Reshford.

54. "Bornmut" futbolchilari ikkinchi bo'limda ustunlik qilishmoqda.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!


TANAFFUS!

Birinchi bo'limga bir daqiqa qo'shib berildi!

45. Joshua King! GOOOOOOOOOOL! Golni o'zi yuzaga keltira oldi va juda chiroyli uslubda to'pni darvozaga joylab qo'ydi. Bu golni ko'rish kerak! Hisob 1:0. 

44. Birinchi bo'limga xulosa qiladigan bo'lsak, MYU dastlabki daqiqalarda ancha faol o'ynadi, "Bornmut" keyinchalik vaziyatni tenglashtirdi va oxirgi daqiqalar ancha sokin o'tdi.

38. Andreas Perreyra qo'pollik ishlatdi. Mezbonlarda standart vaziyat vujudga kelmoqda. Omadsiz yakun.

35. Tortishuvlardan keyin Fred va Lermaga sariq kartochka ko'rsatildi. 

33. Marsyal jarima maydonchasiga yorib kirdi va Lerma uni turtib yubordi. Penalti yo'q. Ammo, katta janjal kelib chiqdi. Futbolchilarning hammasi bir joyda to'planib olishdi. 

30. O'yin tempi sokinlashdi. To'p nazoratida deyarli tenglik (49%-51%).

 

26. Freyzer zarba berdi, kuchsiz. 

23. Mankunianliklarning navbatdagi hujumi ham muvaffaqiyatli chiqmadi. Hujum to'xtab qoldi. Mezbonlar bo'sh zonalarni yopishga ulgurishdi va to'pni olib qo'yishdi. 

21. Jeyms juda kuchli zarba yo'lladi! Biroz noaniq, lekin xavfli zarba bo'ldi!

18. Fredning xavfli chiqishi mumkin bo'lgan zarbasi himoyachiga tegdi va maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Birinchi burchak zarbasi. 

16. De Xea ishonchli o'ynadi, qaytgan to'pga zarba bermoqchi bo'lgan Rayan Freyzer birdaniga yiqilib tushdi.

14. Fred mezbonlar hujumga o'tib ketmasliklari maqsadida qo'pollik evaziga Uilsonni to'xtatib qoldi. 

13. Freyzer sirpanib yiqilib tushdi va maydon tashqarisiga juda noqulay holda sirpanib chiqib ketdi. 

11. "Bornmut" azolari himoya chizig'ida to'pni nazorat qilgan holda, MYUning ilk 10 daqiqalikdagi shijoatini sindirishga harakat qilmoqda. 

9. Yomg'ir juda kuchli yog'moqda. Bugungi o'yinda futbolchilar 100 foiz imkoniyatlarini namoyish eta olishi qiyin masala.

8. Jeymsning o'ng qanotdan uzatmasini Fred golga aylantira olmadi. To'p uning oyog'iga tushgani yo'q. 

7. Andreas Perreyra zarba yo'lladi. To'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi.

6. Marsyal tomonidan uzoq masofadan zarba yo'lladi. Kuchsiz. Yomg'ir yog'moqda uning qarorini tushunish mumkin. Maydonning holati mukammal darajada emas.

3. Ilk xavfli vaziyatni MYU uyuushtirdi. O'ng qanotdan Jeyms hujumga o'tdi va raqib jarima maydonchasi markaziga uzatma berdi. Ushbu holatda Andreas zarba berishga biroz kech qoldi va to'p undan o'tib ketdi.

1. Kris Kavenag uchrashuvni boshlab beruvchi hushtagini chaldi. Boshladik!


Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! APL 11-turidan joy olgan "Bornmut" va "Manchester Yunayted" o'rtasidagi uchrashuvni kuzatib borishga taklif qilamiz. 

Ayni paytda ikkala jamoaning hisobida ham 10 turdan keyin 13 ochko mavjud. To'plar nisbatiga ko'ra, MYU ettinchi, "olchalar" esa 9 pog'onada bormoqda. 



Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика