So’nggi yangiliklar

17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  0 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  7 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  8 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  9 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2

Bora Milutinovich: "Abramovning ko'rsatmalari to'g'ri bajarilsa uni engish juda qiyin bo'ladi" Yangiliklar

Bora Milutinovich: "Abramovning ko'rsatmalari to'g'ri bajarilsa uni engish juda qiyin bo'ladi"

Doha, 17 mart -Vadim Abramov bilan matbuot anjumanidan so'ng ko'rishib, unga dalda bo'lgan Iroq terma jamoasi bosh murabbiyi Bora Milutinovich, matbuot xizmatimizga qisqacha intervyu berishga rozi bo'ldi.
- "O'yinni o'z ko'zim bilan tomosha qilmaganimda, bu jamoani Abramov emas, qandaydir yosh yigit boshqaryapti degan fikrga borardim. "Lokomotiv" mintaqangizda ham jismonan, ham taktik jihatdan kuchli jamoalardan sanaladi. Abramovning ko'rsatmalari to'g'ri bajarilsa uni engish juda qiyin. Tarkib va o'yinchilarni tanlash bo'yicha biror narsa deya olmayman. Ammo, birinchi daqiqalardan "Loko", raqibi "Al-Sadd"ga qaraganda ancha ustun ko'rindi.

Tezkor ikkita gol esa, jamoadagi o'yinchilar orasida qandaydir tushunmovchilik mavjud bo'lgani uchun yuzaga kelgandek. Huddi o'yinchilar urishib qolgandek, balki nizo ham bordek, nazarimda. Lekin, aniq bir fikr bildira olmayman, jamoa ichida emasman. Abramovga achindim, shuncha mehnat va harakatlar bitta o'yin tufayli chippakka chiqsa. Biroq, bunday vaziyat har kim bilan ham bo'ladi, xatto Braziliyadek futbol yulduzlariga boy jamoa bilan ham.

Nima ham derdim, "Lokomotiv" bu mag'lubiyatdan to'g'ri xulosa chiqarib, bundan keyingi uchrashuvlarda yorqin o'yin namoyish qilishiga tilakdoshman", - deya fikrini yakunladi, 74 yoshlik, serbiyalik mutaxassis.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика