So’nggi yangiliklar

12:25Артета МЮ билан ўйиндаги аламли мағлубият ҳақида фикр билдирди  2 11:58Брайан Мбеумо Робин ван Персининг натижасини такрорлади  1 11:29Гаттузо Верраттини Италия терма жамоасига қайтармоқчи  1 10:40Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг 2 нафар футболчиси мавсумни Тошкент клубида бошлайди  0 10:20Серхио Рамос "Севилья"ни сотиб олиш ниятида  0 09:55Патрик Виейра: "Арсенал"га етакчи етишмади, Сакадан кутилгани бўлмади"  0 09:28"Сўғдиёна" ярим ҳимоячиси "Металлург"га ўтмоқда  5 09:01“Арсенал”га қарши драматик ғалабадан сўнг Кунья: “Ана шу баҳслар учун бу клубга келганман"  10 08:34Ўзбекистон терма жамоаси бугун Хитой билан ўйнайди  7 08:15Расман: "Хоразм" бразилиялик ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 07:48Вадим Абрамов: "ЦСКАни ҳар куни ҳам ютавермаймиз"  7 05:08"Ал Ҳилол" пешқадам бўлишига қарамай, аутсайдер билан баҳсда очко йўқотди  0 04:00А Серия. "Рома" ва "Милан" ўртасидаги баҳсда ғолиб аниқланмади  15 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Наполи"ни йирик ҳисобда таслим қилди  3 23:43"Арсенал"нинг 13 ўйиндан иборат мағлубиятсиз сериясига МЮ нуқта қўйди  35

Bonuchchi "Yuventus" sirlarini ocha boshladi Yangiliklar

Bonuchchi "Yuventus" sirlarini ocha boshladi

"Yuventus"dan "Milan"ga o'tgan himoyachi Leonardo Bonuchchi "keksa sinora" kiyinish xonasida sodir bo'lgan va hech qaerga ovoza qilinmagan voqea haqida gapirib berdi.

"Real"ga qarshi CHempionlar ligasi final uchrashuvining tanaffusida Dani Alves Paulo Dibaladan g'azablangan va uni jon berib o'ynamayotganlikda, hamda sariq kartochkadan so'ng depressiyaga tushib qolganlikda ayblaydi.

O'sha payt, kiyinish xonasiga "Yuventus" ustozi Massimiliano Allegri kirib keladi va Dibalani himoya qilib, Alvesga o'zini bosib olishi kerakligini aytadi.


Leonardo Bonuchchi ham Alvesning fikriga qo'shilib, Pauloga aytilgan so'zlarni takrorlaydi.

Ammo Dibala tirjayib, unga o'zini gaplarga etibor bermayotgandek ko'rsatadi. Bonuchchi bundan g'azablanib, Dibalaning tomog'idan oladi va uni burchak itarib yuboradi.

Janjalga Andrea Barzali aralashadi va Alves hamda Bonuchchiga tinchlanishi kerakligini aytadi. G'azab otidagi Bonuchchi Barzalini ham tinch qo'ymaydi va u o'z vazifasini uddalay olmayotgani va birinchi bo'limda Marseloni bir necha marotaba o'tkazib yuborganlikda ayblaydi. Barzali ham jim turmadi va birinchi gol Bonuchchining xatosi ekanligini yuziga soladi. Allegri ularni to'xtatib qolmaganda, mushtlashuv kelib chiqishi aniq edi.

Bonuchchi ushbu ishlardan so'ng shunday deydi: "Bu jamoa bilan boshqa o'ynamayman. Buyog'iga mensiz". "Yuventus" ikkinchi bo'limda hech narsa qila olmaydi va "Real" raqib darvozasini bir necha marotaba ishg'ol qilib, turnir g'olibiga aylanadi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика