Bonuchchi "Siti"ga o'tishdan ko'ra "Yuventus"da qolishni maqul ko'rdi

8 avg 2016, 23:03
Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Leonardo Bonuchchiga "Manchester Siti" jamoasi jiddiy qiziqish bildirayotgandi.


Bonuchchi "Manchester Siti"ga o'tishni istamadi. Leo tez orada "Yuventus" bilan o'rtadagi shartnomani yana uzaytirishi kutilmoqda.

"Siti" Bonuchchi uchun "Yuventus"ga 60 million evro va futbolchiga yiliga 8 million evro maosh taklif qilgandi. Ammo Bonuchchi katta maosh olishdan ko'ra "Yuventus"da o'ynashni maqul ko'rmoqda.

Eslatib o'tamiz, Bonuchchining "Yuventus"dagi maoshi 3,5 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: La Gazzetta dello Sport