Bonuchchi: "Real" individual o'yinda, "Yuventus" esa jamoaviy o'yinda kuchli"
05 may 2015 11:12
Yangiliklar
Bonuchchi: "Real" individual o'yinda, "Yuventus" esa jamoaviy o'yinda kuchli"
"Yuventus" himoyachisi Leonardo Bonuchchi "Real"ga qarshi CHempionlar ligasi yarim final birinchi uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
"Har doim ham CHempionlar ligasi yarim finaliga etib kela olmaysan. "Real" bilan o'yinda himoyaga etibor berib, tap tortmasdan hujumga o'tishimiz kerak. Bizda imkoniyat bo'lishiga ishonaman. "Real"ni hurmat qilamiz, ammo asosiysi maydonda o'zimzni qanday ko'rsatishimiz.
Agar maydonga g'alabaga chanqoq bo'lib chiqsak, shundagina uyda yaxshi o'yin ko'rsatib, Madridda kurashni davom ettirmoqchimiz. Ular individual o'yinda, biz esa jamoaviy o'yinda kuchlimiz"- deydi Bonuchchi.
"Yuventus" va "Real" o'rtasidagi o'yinlar 5 va 13 may kuni bo'lib o'tadi. Birinchi uchrashuv "keksa sinora" maydonida bo'lishi rejalashtirilgan.
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar