Bonuchchi mag'lubiyatda hakamni aybladi
08 dek 2019 14:14
Yangiliklar


Bonuchchi mag'lubiyatda hakamni aybladi
"Yuventus" himoyachisi Leonardo Bonuchchi A Seriya 15-turi doirasida "Lacio"ga qarshi o'yin haqida fikrini bildirdi.
"Xotirjamlikni saqlab qolish kerak. CHunki ayrim voqeliklar bizning foydamizga ishlamadi.
Birinchi bo'limni ajoyib tarzda o'tkazdik va o'yinni nazorat qildik. Tanaffusdan keyin esa raqiblar hujumga o'tdi. SHuningdek, hakam ham natijaga tasir qiladigan xatolar qildi.
Biz himoyada yaxshiroq o'ynashimiz kerak. Biz kabi jamoalar bunchalik ko'p gol o'tkazib yubormasligi lozim. CHiroyli futbol ko'rsatish - ajoyib, biroq buning uchun bizga g'alabaga tashnalik talab qilinadi.
Barchasi o'zimizga, maydondagi harakatlarimizga bog'liq", - dedi Bonuchchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar