Bonuchchi Italiya termasidagi o'yinlar soni bo'yicha Kelliniga etib oldi
16 noy 2021 21:32
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/668662_original.jpg)
![](/upload/storage/668662_220.jpg)
Bonuchchi Italiya termasidagi o'yinlar soni bo'yicha Kelliniga etib oldi
"Yuventus" markaziy himoyachisi Leonardo Bonuchchi JCH-2022 saralashi doirasidagi Italiya – SHimoliy Irlandiya (0:0) uchrashuvida qatnashdi.
Bu o'yin 34 yoshli futbolchi uchun "Skuadra Adzurra" tarkibidagi 114-bahs bo'ldi.
Bonuchchi o'yinlar soni bobida Jorjo Kelliniga etib oldi. Endi ular 6-o'rinni o'zaro bo'lishib turishibdi.
Reytingning top-5 taligidan Janluiji Buffon (176), Fabio Kannavaro (136), Paolo Maldini (126), Daniele de Rossi (117) va Andrea Pirlo (116) o'rin egallagan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar